Axborot va kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekistonda saytlar bloklanayotgani haqidagi YeXHT tanqidiga munosabat bildirdi

  •   DiMaX
  •  714
  •  19.04.2019 08:36

Axborot va kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekistonda saytlar bloklanayotgani haqidagi YeXHT tanqidiga munosabat bildirdi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti O‘zbekistonda saytlar bloklanayotganini tanqid qilgani haqida xabar bergandik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) bu masalani o‘rganib chiqadi, deb yozadi Minbar nashri.

O‘QING: YeXHT O‘zbekistonni saytlarni bloklamaslikka chaqirdi

«Agentlik YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezirning bayonoti bilan tanishib chiqdi va ayrim yangiliklar veb-resurslariga kirish muammolari borasidagi faktlarni diqqat bilan o‘rganib chiqadi», – degan AOKA bosh direktori Komil Allamjonov.

Avvalroq Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) OAV erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir O‘zbekiston hukumatini saytlarni bloklamaslikka va OAV haqidagi qonunchilikni xalqaro normalarga muvofiqlashtirishga chaqirgan edi.

AOKA direktori YeXHT tanqidiga munosabat bildirishi nimasi bilan muhim: O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan beri turli jabhalarda xalqaro tashkilotlarning asosli va asossiz (lekin, ko‘pincha baribir asosli) tanqidiga uchrab kelgan. Avvalgi mulozimlar bunday tanqidlar go‘yoki mavjud emasdek, yoki «sizlarda esa negrlarni osishadi» qabilida javob berar edi. G‘arb va o‘zbek amaldorlari orasida konstruktiv muloqot misollari kamdan-kam uchrar edi.

Komil Allamjonov esa agentlik YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili bilan har qanday masalada muloqot va hamkorlik qilishga doimo tayyorligini bildirgan. Uning konstruktiv tarzda berilgan bu javobi xalqaro tashkilotlar bilan ular tilida gaplasha oladigan amaldorlarning yangi avlodi shakllanayotganidan dalolatdir.

O‘QING: Error 404: ochilmayotgan, hatto o‘chirib yuborilgan veb-sahifani ko‘rishning ikkita osongina yo‘li bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!