Bahorgi tengkunlikda to‘lin oy: munajjimlar nimadan xavotirda?

  •   DiMaX
  •  2389
  •  19.03.2019 10:56

Bahorgi tengkunlikda to‘lin oy: munajjimlar nimadan xavotirda?

Joriy yilda 21 martga o‘tar kechasi Yer ahli osmonda to‘lin oyni ko‘radi. Munajjimlar bunday to‘lin oy odatdagidan ham sezilarliroq darajada odamlarning xulq-atvoriga ta’sir qilishini aytishgan. Bu haqda Mk.ru xabariga asoslanib «Daryo» nashri yozmoqda.

O‘QING: Xitoyliklarning Oydagi dehqonchiligi kasod bo‘ldi – hammasi muzlab qoldi!

Norasmiy «Xalqaro astrologiya kuni» yoki «munajjimlar kuni» 20 mart kuni nishonlanadi. Chunki bahorgi tengkunlikda astronomik bahorning boshlanishi qadimdan odamlar uchun alohida ma’noga ega bo‘lgan.

Munajjimlar aynan shu kuni to‘lin oy odamlarga ta’sir qilishi mumkin, deb hisoblashadi. Bu ularni xudbinlikka undashi, oniy his-tuyg‘ularga berilishiga va o‘ylamay harakat qilishga sabab bo‘lishi mumkin.

Ko‘p psixologlar bunday taxminlar haqiqatan ham to‘g‘ri kelishi mumkin, deb hisoblashadi. Mutaxassislarning fikricha, bu yerda «noto‘g‘ri paradoks» muhim rol o‘ynaydi. Yuqorida yozilganlarga ishongan odamlar atrofdagilardan xudbinlik alomatlarini kutadi va bu kutuvlariga «tasdiq» ham oladi. Chunki har kungi odatlarning ko‘pi xudbinlik yoki o‘ylamay qilingan qaror, deb talqin qilinishi mumkin.

Ayni paytda professional olimlar yulduz va sayyoralarning inson taqdiriga ta’sir qilishiga shubha qiladi. Lekin oy va to‘lin oy masalasida vaziyat biroz o‘zgarishi mumkin. Bundan ancha oldin oy sikli ba’zi dengiz organizmlarining hayotiy faoliyatiga molekulyar va genetik darajada ta’sir qilishi isbotlangan. 2013 yilda shveysariyalik mutaxassislar to‘lin oy payti inson uxlashga qiynaladi, degan xulosaga kelishgan.

O‘QING: Xurrakdan saqlovchi va to‘yib uxlashga yordam beruvchi «aqlli» quloqchin taqdim etildi (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.