Banane Phone — yilning ekologik toza, xavfsiz telefoni bo‘lishi mumkin

Banane Phone — yilning ekologik toza, xavfsiz telefoni bo‘lishi mumkin

So‘nggi vaqtlarda smartfon ishlab chiqaruvchilari gadjetning faqat protsessori, tezkor xotirasi va kamerasi bilan andarmon bo‘lib, dizayn masalasiga ko‘p ham e’tibor qaratishmayotgandek. Smartfonlar shakli va tuzilishi 2-darajali masala bo‘lib qolganday. Ammo Banane Phone telefon apparati o‘ziga xos ko‘rinishi bilan diqqatni tortadi.

Bluetooth-kommunikator qurilmasida Bluetooth-modul o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida qurilmani smartfonga ulash mumkin. Natijada, qo‘ng‘iroq ilish va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Apparat korpusida 3 ta knopka mavjud: 2 tasi ovozni ko‘tarish va pasaytirish uchun, bittasi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish uchun mas’ul.

«Ekzotik meva»da akkumulyator bo‘lib, o‘rtacha gaplashganda 70 soatlik yoki to‘xtovsiz 10 soat suhbatga yetadi. Banane Phone’ning bosh o‘ziga xos jihati — undan smartfondagi kabi elektromagnit nurlanish tarqalmaydi. To‘g‘ri, bu turdagi nurlanishning zararli jihatlari ilmda aniqlanmagan.

Banana Phone gadjetida microUSB porti mavjud. Unga Qualcomm chipi o‘rnatilgan. Korpus ekologik toza plastikdan ishlab chiqarilgan.

Banane Phone’ning bozorlarda sentyabrdan $40 dollardan sotilishi kutilmoqda. Uni ishlab chiqarish bo‘yicha taklif Indiegogo kraudfanding maydonchasida e’lon qilingan. Hozircha uni ishlab chiqarish uchun kerakli mablag‘ning 3 dan 1 qismi to‘plangan. Darvoqe, Banane Phone loyihasi o‘zini oqlaydigan bo‘lsa, g‘oya tashabbuskorlari tushgan foydaning 1 foizini Kongodagi Virunga milliy parkida yashaydigan tog‘ gorillalarini himoya qilish fondi uchun ajratishadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!