«Bananofon» Nokia 8110: xaridorlarni qiziqtirib qo‘ydi

  •   Saroy
  •  1749
  •  06.07.2018 09:31

«Bananofon» Nokia 8110: xaridorlarni qiziqtirib qo‘ydi

Kuni kecha yangi Nokia 8110 haridorlar hukmiga havola etildi, unga “bananofon” deb  nom ham berishgan.

«Matritsa» filmidagi smartfonga o‘xshab, yangi Nokia 8110 4G ham 4G VoLTE-moduli  bilan ta’minlandi, ekrani 2,4 dyuymli, protsessori esa Qualcomm 205 Mobile Platform. Qurilma 512 megabayt OZU hamda  4 gigabaytli flesh-xotiraga  ega. Kamerasi 2-megapikselli modul va  Google Assistant ovozli yordamchi bilan ta’minlangan. O‘tmishni sog‘ingan foydalanuvchilar esa qayta o‘rnatilgan va yangilangan “iloncha” ni ham o‘ynashi mumkin.

O‘QING:AGAR IPHONE SLAYDER BO‘LIB QOLSA...

Nokia 8110 4G savdosi hozirda Ukrainaning yirik elektronika do‘konlarida  boshlangan. Xabarda aytilishicha, qurilmaga katta qiziqish bilan qarayotganlar ko‘p ekan, biroq hozircha qora ranglisi sotilmoqda, O‘zining haqiqiy  banan rangdagisi iyul oyining oxirida xaridorlar qo‘liga tegadi.

O‘QING:Nokia’ning 15 ta afsonaviy mobil telefonlari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.