Baquvvat batareyali va kuchli himoyalangan Energizer Hardcase H570S smartfoni taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  1320
  •  07.03.2018 10:16

Baquvvat batareyali va kuchli himoyalangan Energizer Hardcase H570S smartfoni taqdim etildi

Fransiyaning Avenir Telecom kompaniyasi tomonidan chiqariladigan Energizer smartfonlari safiga yana bitta yangi model qo‘shildi. Bu – mustahkam himoyaga va kuchli avtonomlikka ega Hardcase H570S telefonidir.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: naq 16000 mA/soatlik akkumulyatorga ega smartfon!

Ushbu model o‘tgan yilning kuzida taqdim etilgan hamyonbop MediaTek MT6739 protsessori bazasida ishlaydi. Ekranining o‘lchami diagonaliga 5,7 dyuymni tashkil etadi, u trendga ko‘ra tomonlari 18:9 nisbatida ishlangan. Displeyning tasvir uzatish sifati Full HD+ formatida, ya’ni 2160x1080 pikselli.

Energizer Hardcase H570S qurilmasi IP68 standarti bo‘yicha suvdan va changdan himoyalangan, 1,2 metrgacha balandlikdan tushib ketsa ham shikastlanmaydigan smartfondir. Bundan tashqari, uning avtonomligi ham yuqori darajada – tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega akkumulyatorining sig‘imi 4800 mA/soatni tashkil etadi.

O‘QING: Romsiz Oukitel K10 eng sig‘imdor – naq 11000 mA/soatlik akkumulyatorga ega! (+video)

Hardcase H570S tezkor xotirasi 3 GB, doimiy xotirasi esa 32 GB hajmga ega. Shuningdek, smartfonning bitta SIM-kartasi o‘rniga 128 gigabaytgacha hajmli microSD qo‘yish imkoni ham mavjud. Android 8.0 operatsion tizim talqini boshqaruvida ishlovchi ushbu telefon NFC moduliga ega – uni Android Pay tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘llasa bo‘ladi.

Himoyalangan smartfonni qo‘shaloq asosiy kamera bilan ta’minlashgan – uning bosh kamerasi 13 hamda 0.3 megapikselli sensorlarga ega. Selfilar uchun esa 8 megapikselli old kamera mas’ul.

Energizer Hardcase H570S smartfoni joriy yilning ikkinchi kvartalida savdoga chiqarilishi xabar qilinmoqda, ammo uning narxi hozircha ma’lum qilinmagan.

O‘QING: 16000 mA/soatlik akkumulyatorga ega Energizer Power Max P16K Pro’ning ilk suratlari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!