Barcha Galaxy S22 smartfonlari bir suratda

Barcha Galaxy S22 smartfonlari bir suratda

Galaxy S22 smartfonlari taqdimot namoyishidan oldin birlashdi. Uchala smartfon tasvirlangan surat bugun Twitter'da paydo bo‘ldi.

Galaxy S22 hamda S22+ smartfonlarining orqa paneli yaltiroq, S22 Ultra esa matoviy qoplamga ega bo‘ladi. 

Avvalgi avlod bilan taqqoslaganda Samsung kompaniyasi S22 hamda S22+ qurilmalarining dizaynini yangilamagan, biroq S22 Ultra'ning dizayni ancha o‘zgargan.

Qirrali burchaklar bilan S22 Ultra modeli Note smartfoniga o‘xshab qolgan. Shuningdek, qurilmaning kamera modulining dizayni ham o‘zgargan.  

Ushbu rasmdagi qurilmalar soxta ham bo‘lish ehtimoli bor. Chunki S22 Ultra'ga diqqat bilan e’tibor qaratsak, unda periskop kameraning yo‘qligini ko‘rishimiz mumkin. Avvalgi ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, smartfonda albatta periskop kamera bo‘lishi kerak. 

Shuningdek, S22 smartfonining orqa paneli ko‘zga tashlanadigan darajada aks qaytarmoqda. Ushbu smartfonning orqa paneli plastikdan ishlanadi. Plastik esa bunday aks qaytarishi mumkin emas. 

Garchi qurilmalar soxta bo‘lgan taqdirda ham, biz smartfonlarning dizayni haqida yetarlicha tushunchaga ega bo‘ladik. 

Avvalroq Galaxy S22 Ultra'ning nomi o‘zgarishi, u S22 Note nomi ostida sotuvga chiqishi haqida ma’lumotlar sizdirilgan edi. 

O‘QING: Galaxy S22 jonli suratlarda 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!