Barcha iPhone modellari bitta rasmda – eng chiroylisi aniqlandi!

  •   DiMaX
  •  3207
  •  19.02.2018 18:06

Barcha iPhone modellari bitta rasmda – eng chiroylisi aniqlandi!

Apple kompaniyasi o‘n yildan oshiqroq vaqt mobaynida bor-yo‘g‘i 18 modelda iPhone taqdim etgan. Taqqoslash uchun aytib o‘tish mumkinki, uning «ashaddiy raqibi» – Samsung har yilda deyarli shuncha modelda smartfon yaratadi. Ammo eng «sermodel» smartfonsoz baribir koreyaliklar emas, balki «xitoylik Apple» hisoblanadi.

O‘QING: Cmartfon taqdim etishda Xiaomi chempion! 13 model va narxlar bilan tanishing!

Shu kunlarda Apple fanatlaridan biri barcha modellarga mansub iPhone’larni jamlab, bitta suratda aks ettirdi. Mazkur rasmni u internetga joylab, kupertinolik gigantning ishqibozlaridan ular orasida eng chiroylisini tanlashlarini so‘radi.

Tabiiyki, «olmaxo‘r»lar barcha iPhone’lar orasidan eng ko‘rkamini tanlashdek imkoniyatni qo‘ldan chiqarishmadi. Qizig‘i – ularning ko‘pchiligi bu borada bitta qarorga kelishdi.

O‘QING: Mutaxassislar eng yaxshi va eng yomon iPhone modellarini aniqlashdi

Tabiiyki, chiroy masalasida har kimning o‘z fikri, didi bo‘ladi. Lekin qaysi ayfon eng bejirim ekani borasida aksariyat Apple fanatlarining fikri bir joydan chiqdi.

Ularning fikricha, Black & Slate («grifelli qora») rangdagi iPhone 5 modeli – Apple smartfonlari orasida eng ko‘rkami ekan. Ayni mana shu qurilma kupertinolik gigant dizaynerlari mahoratining cho‘qqisi, deya baholandi.

O‘z-o‘zidan ma’lumki, boshqa modellarning ham ishqibozlari bisyor bo‘ldi. Hatto mutaxassislar tomonidan eng omadsiz, deya baholangan – plastik korpusli iPhone 5c ham ayrim ishqibozlar nazdida eng chiroyli ayfon ekan.

Xo‘sh, sizningcha, iPhone’larning eng chiroylisi qay biri?

O‘QING: Qoyilmaqom iPhone SE 2018 suratlari tarqaldi – romsiz klassika!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!