Barephone – Android-smartfonlar uchun minimalistik uslubdagi bepul launcher

  •   DiMaX
  •  1606
  •  01.02.2019 14:26

Barephone – Android-smartfonlar uchun minimalistik uslubdagi bepul launcher

Smartfoningizdagi turli ilovalar, o‘yinlarga ko‘p chalg‘ib qolyapsizmi? Bosh ekrandagi surat, belgichalar e’tiborni ko‘proq jalb etyaptimi? Bugun sizga minimalizmga yo‘g‘rilgan ajoyib launcherni tavsiya etmoqchimiz.

O‘QING: Smartfonga tobelikdan qutulsa bo‘ladi!

Android-qurilmalan uchun grafik qobiqlar juda ko‘p, ammo ular ko‘pincha smartfonni keraksiz funksiyalarga to‘ldirib tashlaydi. Agarda telefoningiz sizni asosiy ishlaringizdan chalg‘itmasligini istasangiz va soddalik tarafdori bo‘lsangiz, Barephone launcherini sinab ko‘ring.

Ushbu launcherda bosh ekranga beshtagacha eng kerakli ilovalarni chiqarib qo‘ya olasiz, xolos. Boshqa dasturlarni menyuga joylab qo‘yish mumkin – ular ro‘yxatiga kirish uchun pastdagi strelka belgichasini bosasiz.

Agarda bosh ekranda sana va vaqtning aks etishini aytmasa, bu launcherda kishini chalg‘ituvchi va chalkashtiruvchi birorta ham funksiya yo‘q. Bundan tashqari, Barephone interfeysida odatiy (yorqin) hamda tungi (to‘qrang) rejimdan birini tanlashingiz ham mumkin.

Darvoqe, bepul Barephone launcheri soddaligi bois yosh bolalarga hamda keksalarga ham juda qulay. Uni mana bu havola orqali smartfoningizga o‘rnatib olsangiz bo‘ladi.

O‘QING: Android uchun antiqa launcher – dasturchilar uslubida!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!