Barmoq izi skanerini bir urinishdayoq ishlaydigan qilamiz!

  •   DiMaX
  •  10785
  •  19.03.2018 11:46

Barmoq izi skanerini bir urinishdayoq ishlaydigan qilamiz!

Hozirda aksariyat smartfonlarda foydalanuvchi ma’lumotlarini himoyalash uchun qurilmaning qulfini barmoq izi skaneri orqali ochish ham joriy etilgan. Lekin ayrim hollarda shu daktiloskopik datchik yaxshi ishlamay qolishi kishini xunob qiladi.

O‘QING: MDC Grand – barmoq izi skaneri va HD-displeyga ega eng hamyonbop smartfon!

Android-qurilmaning qulfini barmoq izi orqali bitta urinishda ocha olmayapsizmi? Demak, daktiloskopik sensorning ishini yaxshilashingiz kerak ekan. Buning uchun tizim sozlamalariga bitta o‘zgartirish kiritish kifoya – mazkur datchikning ishi bir necha karraga yaxshilanadi.

Qani, ketdikmi?

Buning uchun tizim «Sozlamalar»i – «Nastroyki» menyusini oching va undagi «Blokirovka va Himoya» («Blokirovka i Zaщita») yoki «Xavfsizlik va joylashuv» («Bezopasnost i mestopolojeniye») bo‘limiga kiring.

Shu joydagi «Barmoq izi bilan boshqarish» («Upravleniye otpechatkami») bandini oching.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, bitta smartfonga bittagina emas, balki bir nechta barmoq izini o‘rnatish mumkin. Siz esa shularning har biriga faqat bitta barmog‘ingiz izini o‘rnatib chiqasiz.

Keyin esa barmoq izi sensorining ishlashini avvalgi holati bilan solishtirib ko‘ring – u ancha sifatli ishlayotganiga amin bo‘lasiz.

Endi shoshilinch paytda ham skaner pand berib qo‘ymaydi – barmog‘ingiz izini bir urinishdayoq tanib, tizim qulfini ochib beradi.

O‘QING: Samsung va Apple uddalay olmagan texnologiya Nokia flagmaniga joriy etiladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!