Barmoq izlari skaneri Xiaomi Mi A2’ning quvvatiga salbiy ta’sir etmoqda

  •   Saroy
  •  1302
  •  04.10.2018 11:52

Barmoq izlari skaneri Xiaomi Mi A2’ning quvvatiga salbiy ta’sir etmoqda

Kuni kecha Xiaomi Mi A1 smartfoni egasining yonida portlab ketgani haqda yozilgandi, endi esa Mi A2  bilan muammo chiqmoqda. Chamasi, smartfondagi muammo uning 3010 mAch sig‘imli akkumulyatori bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Smartfon egalari qurilmalari kutilganidan ham ancha erta quvvatsizlanib qolayotganidan shikoyat qilishmoqda. Bunga aybdor Xiaomi Mi A2’dagi barmoq izlari skaneri deb qaralmoqda.

O‘QING:Nihoyat, Xiaomi romsiz slayderi – Mi Mix 3 flagmanining taqdimot sanasini rasman aytdi

Qurilmani blokdan yechish uchun  biometrik skanerdan foydalanish qandaydir tarzda Snapdragon 660 platformasining barcha sakkizta yadrosiga ta’sir etmoqda va ularni maksimal chastotada ishlashga majburlamoqda. Bu esa batareyaning tez quvvatsizlanishiga sabab bo‘lmoqda, natijada qurilmaning ishlash vaqti uch yoki to‘rt soatga qisqarib ketmoqda.

MiA2’ning ayrim egalari barmoq izlari skaneri qurilmaning mustaqil ishlashiga salbiy ta’sir etayotganiga dalil keltirishganiga qaramay,  Xiaomi ularga “bu axborot yetarli emas, qo‘shimcha batafsilroq axborot  kerak” ligini ma’lum qilgan. Dastlabki shikoyat tushganiga ham bir oycha bo‘lib qoldi, lekin kompaniya rasmiy axborot berishga shoshilmayapti va hamon sukut saqlashni to‘g‘ri yo‘l deb bilishmoqda.

O‘QING:ILK BOR: Xiaomi smartfoni uxlayotgan egasi yonida portlab ketdi!