Beeline’dan 100 Mb bepul internet

Beeline’dan 100 Mb bepul internet

Beeline aloqa operatori “Beeline Uzbekistan ilovasini yuklab olganlar uchun 100 Mb” aksiyasini boshladi. Aksiya shartlariga ko‘ra, Beeline abonentlari kompaniyaning mobil ilovasini yuklab olganlarida, 7 kun mobaynida 100 Mb bonusga ega bo‘ladilar.

Bonusga ega bo‘lish uchun quyidagilar zarur:

– Beeline Uzbekistan ilovasini yuklab olish (Yuklab olish uchun manzil: Android va iOS);

– “Aksiyalar” – “Maxsus takliflar” bo‘limiga kirish;

– “Beeline ilovani yuklash uchun bonus” tanlash;

– “Yoqtirish” tugmasini bosish.

Agar abonent ilovani avvaldan yuklagan bo‘lsa, uni qayta yuklashning hojati yo‘q, shunchaki tugmani bosib bonusni olish mumkin.

Bonusdan faqat bir marotaba foydalanish mumkin. Mb miqdorini *103# kodi orqali tekshirish mumkin. Bonusni yoqtirish uchun hisobda minimal $0,05 bo‘lishi lozim. Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!