Beeline eski narx evaziga internet trafikini oshirmoqchi

Beeline eski narx evaziga internet trafikini oshirmoqchi

Aloqa operatori Beeline 1 noyabrdan boshlab, simli internet abonentlari uchun “Yangi tezlik” tarif rejalarining shartlarini yaxshiladi. Endi abonentlar eski narx evaziga ikki marotaba ko‘p trafikka ega bo‘ladilar.

Kun.uz xabariga ko‘ra, internet-trafik ADSL va FTTB texnologiyalari bo‘yicha yoqilgan quyidagi tarif rejalarida ikki marotabaga ko‘paytirilgan: “Yangi tezlik 1”, “Yangi tezlik 2”, “Yangi tezlik 3”, “Yangi tezlik 4” va “Yangi tezlik 5”.

“Buzton abonentlari Beeline simli internetining an’anaviy yuqori sifati bilan bir qatorda, eski narx evaziga ikki marotaba ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Mijozlarimiz o‘zlarini yanada qulayroq his etishlari uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solganmiz, yaqin vaqt ichida yangi xizmatar haqida xabar beramiz”, – deydi Buzton QK bosh direktori Oraz Abdurazakov.

Avvaldan mavjud foydalanuvchilar yangilangan tarif rejalariga avtomatik tarzda o‘tkaziladi.

Tafsilotlar bilan www.fixed.beeline.uz manzilida tanishishingiz mumkin.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!