Beeline Facebook foydalanuvchilari uchun “Bonus 50 evaziga 5 000 Mb” tanlovini e’lon qildi

Beeline Facebook foydalanuvchilari uchun “Bonus 50 evaziga 5 000 Mb” tanlovini e’lon qildi

Beeline aloqa operatori Facebook foydalanuvchilari uchun “Bonus 50 evaziga 5 000 Mb” tanlovini e’lon qilmoqda. Tanlov 2016 yilning 23 may kunidan 6 iyun kuniga qadar davom etadi. Tanlov natijalariga ko‘ra beshta g‘olib aniqlanadi va ularning har biri 5 000 Mb kartalarga ega bo‘ladilar.

Tanlovda ishtirok etish uchun Beeline Uzbekistan mobil ilovasini yuklab olish va Beepul to‘lov tizimi orqali hisobni $2 va undan ortiqga to‘ldirish, shu bilan esa kafolatli bonus – tarmoq ichida 50 daqiqa va SMS, shuningdek 50 Mb ega bo‘lish. O‘z sahifasida yangilik bilan bo‘lishish, va sharh tarzida to‘lov amalga oshirilgan sana va raqamning so‘ngi 5 sonini yozib qoldirish lozim.

G‘olib 2016 yilning 6 iyun kuni tasodifiy sonlar generator yordamida random.org sayti orqali aniqlanadi. Natijalar skrinshoti Facebook sahifasida chop etiladi.

Beeline Uzbekistan ilovasini Play Store va App Store orqali yuklab olish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!