Beeline har oyda 4 gigabaytgacha bonus beryapti!

  •   DiMaX
  •  13978
  •  17.06.2020 14:30

Beeline har oyda 4 gigabaytgacha bonus beryapti!

Bilayn uyali aloqa operatori yaqinda ikkita tarif rejasida megabaytlar limitini oshirgan edi. Endi esa u to‘rtinchi avlod uyali aloqa standartidagi internet foydalanuvchilari uchun bonuslar bermoqda.

O‘QING: Beeline abonentlariga 3000 MBlik bonus «Beepul» berilyapti!

Abonentlar buning uchun 4G tarmog‘i foydalanuvchisiga aylanishlari lozim va o‘z gigabaytlarini Beeline’ning tegishli ilovalaridan quyidagi tartibda olishlari mumkin:

  1. Beeline’ning quyidagi ilovalaridan birini yuklab olish: Beeline Uzbekistan, Beepul, Beeline TV yoki Beeline Music.
  2. Ro‘yxatdan o‘tish.
  3. «Aksiyalar» bo‘limida ko‘rsatilgan tugmani bosish.

Shundan so‘ng abonentga 30 kunga 1 gigabaytlik bonus taqdim etiladi; uni keyingi oyda qaytadan faollashtirish mumkin. Agar siz barcha Beeline ilovalarida 4G bonusni faollashtirsangiz, oyiga 4 gigabaytgacha trafikka ega bo‘lishingiz mumkin!

Ushbu bonus faqat 4G tarmog‘ida amal qiladi va 2G/3G tarmoqlarida sarflanmaydi. Bu boradagi batafsil ma’lumotni mana bu havola orqali Beelineuz rasmiy saytidagi tegishli sahifadan olasiz.

O‘QING: Beeline va Ucell'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tariflarini bitta joyda taqqoslaymiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.