Beeline: internet-trafik endi kuymasdan, keyingi oyga o‘tadi

  •   DiMaX
  •  1813
  •  19.11.2019 16:04

Beeline: internet-trafik endi kuymasdan, keyingi oyga o‘tadi

O‘zbekistondagi Beeline aloqa operatori Status va Status+ tarif rejalaridagi yangi imtiyozlar haqida e’lon qildi. Endi tarif bo‘yicha internetning qolgani kuyib ketmay, keyingi oyga o‘tkaziladi.

O‘QING: Barcha operatorlar internet paketlari narxlarini bitta joyda taqqoslaymiz!

Bu shuni anglatadiki, joriy davrda foydalanilmagan internet-trafik miqdori tarif rejasiga muvofiq avtomatik ravishda keyingi oyga o‘tkaziladi. Shunda, yangi oyga o‘tkaziladigan va hisoblangan trafikning umumiy hajmi quyidagiga yetishi mumkin: Status Silver va Status Silver+ – 16 000 MB, Status Gold va Status Gold+ – 24 000 MB, Status Platinum va Status Platinum+ – 60 000 MB. O‘zgarishlar faqat tarifdagi asosiy internet-trafikka taalluqlidir.

«Innovatsiyalarni joriy qilishda biz doimo abonentlarimiz tarafidan takliflarimizning afzalliklaridan foydalanish bo‘yicha to‘plangan noyob tajribaga, shuningdek aloqa kanallari orqali biz bilan faol ravishda ulashiladigan istak va g‘oyalarga e’tibor qaratamiz, – deya buni sharhlaydi Unitel MChJ marketing direktori Hilola Karimbayeva. – Bu bizning mijozlarimizga haqiqatan ham zarur bo‘lgan narsalarni taklif qilishimizga imkon beradi. Xizmatlardan foydalanishdagi qulaylik bizning asosiy diqqat markazimizdir va shuning uchun biz har doim abonentlar o‘zlarining haqiqiy ehtiyojlariga muvofiq kafolatlangan hajmdagi eng ilg‘or mahsulotlarni olishlari uchun harakat qilamiz».

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Saytimiz xabarlarini Odnoklassnikidagi sahifamizda kuzatib boring!