Beeline Namanganda tarmoqni kengaytirmoqda

Beeline Namanganda tarmoqni kengaytirmoqda

Beeline aloqa operatori Namangan viloyatining markazida tarmoq qoplami va 3G tarmog‘i hajmi kengaygani haqida xabar beradi.

Namanganda yangi baza stansiyalari ishga tushirilgani natijasida Namangan shahrida, shuningdek Namangan, O‘ychin va Chorvoq tumanlarida signal sifati sezilarli darajada oshdi, deb xabar berdi Beeline.

“Aloqa sifati va ishonchliligi – Beeline ustuvorliklarining asosiy yetakchisidir, — deydi “Unitel”ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov. — Tarmoq kengayishi bo‘yicha ishlar doimiy ravishda olib borilmoqda, tarmoq qoplamini kengaytirishni rejalashtirish chog‘ida esa abonentlarimizning so‘rov va istaklari ahamiyatga olinadi”.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!