Beeline TATUni "eng yaxshi mingtalik"ka chiqarish rejasini e’lon qildi

Beeline TATUni

Avval xabar berganimizdek, 22 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda 2017 yilda soha oldida turgan ustuvor vazifalar hamda ularning ijrosi muhokama qilindi. Xususan, mazkur majlisda ko‘tarilgan AKT sohasida ta’lim jarayonini yaxshilash mavzusida «Unitel» MChJ (Beeline savdo belgisi) bosh direktori Dmitriy Shukov taqdimot qilgan.

Beeline rahbari bugungi AKT sanoati ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’limiy dastur va o‘qitish tizimlarini ishlab chiqishning ahamiyatini ta’kidlab, «UNITEL» MChJ tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ta’lim jarayonini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan harakatlar rejasi taqdim etgan. Unga ko‘ra, quyidagi maqsadli harakatlarni amalga oshirish belgilangan:

- VimpelCom Ltd., xolding kompaniyasi bilan ta’lim sohasida, AKT sanoati va telekommunikatsiya bozori uchun kadrlar tayyorlash yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan anglashuv Memorandumining loyihasini tayyorlash;    

- Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini 2021 yilga qadar jahonning eng ilg‘or universitetlari “mingtaligi”ga kiritish uchun xorijiy yetakchi universitetlarning yetakchi ekspertlarini TATU ga jalb qilish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish;

- amaliy dars mashg‘ulotlarini tashkil qilishga mo‘ljallangan innovatsion smart-markazlar va laboratoriyalarni yaratish, yoshlarning startap-loyihalarini amalga oshirish, jahonning yetakchi kompaniyalaridan  IT-ekspertlarning ma’ruzalarini tashkil qilish.  


Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.