Beeline to‘qqiz yildan beri amaliyotchilarni ishga taklif etmoqda

Beeline to‘qqiz yildan beri amaliyotchilarni ishga taklif etmoqda

Beeline aloqa operatori «Uchinchi avlod-2017» dasturining barcha saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar kompaniyada amaliyot o‘tashga kirishayotgani haqida xabar beradi. Dastur VEON‘ning "Make Your Mark" global loyihasi doirasida bo‘lib o‘tmoqda.

Bu yili Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Halqaro Vestminster universiteti, Toshkentdagi Cingapur menejmentni rivojlantirish universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining filiali, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti talabalari «Uchinchi avlod» amaliyotchilariga aylandilar. Beeline‘ning quyidagi bo‘limlarida amaliyot o‘tash dasturi ochildi.

Texnik direksiyasi;

Axborot texnologiyalari direksiyasi;

Tijorat direksiyasi;

Hodimlar bilan ishlash va jamoani rivojlantirish direksiyasi;

Ma’muriy direksiyasi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning hodimlar bilan ishlash va jamoani rivojlantirish bo‘yicha direktori Sofiya Gaynutdinova shunday dedi: “To‘qqiz yildan beri Beeline yosh va iqtidorli yoshlarning rivojlanishi uchun noyob imkoniyatlar yaratib kelmoqda. Yosh talabalar uchun bu mehnat tajribasini oshirish, o‘quv paytida olgan bilim va ko‘nikmalarini ishda qo‘llash uchun imkoniyatdir. Bundan tashqari, o‘z iste’dodlarini professional muhitda targ‘ibot qilishlari uchun imkondir. Ishonaman, biz tanlagan amaliyotchilar kasbiy yuksakliklarga yetishish uchun barcha kuchlarini to‘playdilar”.

Eslatib o‘tamiz, amaliyot o‘tash bir yil davom etib, ikkita bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqich iyundan avgust oyigacha davom etib, talabalarga ta’til paytida tanlangan bo‘linmalarda to‘liq bandlik bilan stajirovkani o‘tishga imkon beradi. Amaliyot o‘tash dasturining ikkinchi bosqichiga o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsatgan, ko‘proq darajada samarali bo‘lgan talabalar o‘tadi. Ular kompaniyada 2018 yilning iyun oyigacha, ham ishlab, ham o‘qish imkoniyatini ta’minlagan holda, maxsus moslashtirilgan grafik bo‘yicha ishlashni davom ettiradilar.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!