Beloruslik talaba dunyoning eng zo‘r dasturchisi bo‘ldi

  •   Saroy
  •  1618
  •  18.08.2018 12:00

Beloruslik talaba  dunyoning eng zo‘r dasturchisi bo‘ldi

Beloruslik talaba Gennadiy Korotkevich nufuzli xalqaro chempionat hisoblangan Google Code Jam g‘olibi bo‘ldi. Ushbu musobaqada 50 000 nafardan ziyod dasturchi ishtirok etgan.

Google Code Jam chempionati 2003 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. U dasturlash bo‘yicha eng mashhur va ommaviy chempionat hisoblanadi. Chunki uning g‘oliblari kelgusida Google kompaniyasi xodimiga aylanishi mumkin. Ushbu musobaqada istagan kishi qatnasha oladi, ammo saralash shartlari juda qattiq. Ikkinchi davraga atigi 500 kishi o‘ta oladi, finalga esa eng zo‘r 25 nafar dasturchi chiqadi.

O‘QING:Azim Ahmadxo‘jayev: «O‘zbekistonga axborot texnologiyalari sohasida yarim milliondan ortiq mutaxassis kerak»

Gennadiy Korotkevich tomonidan  qatorasiga besh marta birinchilik zabt etildi. Bunday natijaga bundan oldin Google Code Jam ishtirokchilaridan hech kim erisha olmagan. Korotkevich — haqiqiy talant, ACM ICPC dasturlash bo‘yicha ikki marta jahon chempioni,  «Yandeks. Algoritm» musobaqasining besh karra g‘olibi. Musobaqa yagunlariga ko‘ra,  u polshalik Kamil Debovskni 8 balga ortda qoldirib, jami 104 ball to‘pladi.

G‘olibning aytishicha, uning uchun musobaqaning eng murakkab joyi, konkurs qoidalarining o‘zgarganida bo‘ldi. Endi test natijalari bo‘yicha qarorni ishtirokchilarning shaxsiy mashinalari emas, balki kompyuter hay’ati qabul qiladi.  Shuningdek, musobaqa o‘tkazish tizimi ham qayta yozib chiqilgan.

Google o‘tkazgan konkursda g‘olib bo‘lganiga qaramay, Gennadiy hozircha xorijga ketishni niyat qilmayapti. Iqtidorli dasturchi ITMO universiteti aspiranturasida o‘qishni davom ettirmoqchi.

O‘QING:Inha universitetida «Ajoyib matematika» festivali o‘tkaziladi