Bezos, Geyts, Mark — ular nimaning orqasidan shuncha tez boyimoqda?

Bezos, Geyts, Mark — ular nimaning orqasidan shuncha tez boyimoqda?

Bloomberg Billionaires Index nashri o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, sayyoramizdagi eng peshqadam milliarderlarning yangi ro‘yxati e’lon qilindi. Bloomberg talqiniga ko‘ra, Mark Sukerberg hisobidagi mablag‘ bilan taniqli sarmoyador Uorren Baffetni ortda qoldirgan.

Jahonning eng yosh milliarderi hisoblangan Facebook asoschisida ayni paytda $81,6 mlrd dollar, jahonning eng boy keksa milliarderida esa $81,2 mlrd dollar miqdorida mablag‘ bor ekan. Bloomberg nashri reytingi Nyu-York birjasidagi har kungi aksiya savdosi yakuniga yetgach tuziladi.

Yil boshidan buyon Sukerberg $8,83 mlrd dollarga boyigan bo‘lsa, janob Uorren $4,08 mlrd dollar mablag‘idan ayrilgan. "Sayyoramizning ikkinchi raqamli eng boy kishisi" nomi 2017 yilning sentyabridan boshlab Bill Geytsga tegishli, undagi davlat hisobi $94,2 mlrd dollarni tashkil qiladi. Jeff Bezos esa qariyb bir yildirki, jahonning birinchi raqamli milliarderi degan nomni hech kimga bergani yo‘q. Uning kompaniyasi muntazam o‘sib bormoqda, shu yilning o‘zida Bezos $42,7 mlrd dollarga boyib, hisobidagi umumiy mablag‘ $142 mlrd dollarga yetgan.

2016 yilda Mark Sukerberg boyligining hisobi $50 mlrd dollarni tashkil qilgan. O‘shanda Bezosda $53 mlrd, Baffetda $68 mlrd, Geytsda $77 mlrd dollar mablag‘ bo‘lgan. Ularning bu qadar tez boyib borishlarining bosh sababi — kompaniyalarning birjadagi aksiya bahosi tobora qimmatlashib bormoqda. Ekspertlarning fikricha, jahon miqyosida axborot texnologiyalari sohasiga nisbatan ehtiyojning oshayotgani ularni tez boyishining bosh omili ekan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!