Bir haftadayoq ommalashgan yangi ilovani siz ham sinab ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  3689
  •  22.04.2020 10:15

Bir haftadayoq ommalashgan yangi ilovani siz ham sinab ko‘ring!

Kishining «keksaygan» qiyofasini ishlab beruvchi FaceApp ilovasi atigi 10 kunda bir million dollar daromad keltirgan edi. Lekin unga ishqibozlarni firibgarlar chuv tushirayotgani ham bor gap.

O‘QING: FaceApp’ni qo‘ying, undan ham zo‘ri chiqdi!

Rossiyalik dasturchilar tayyorlagan «Icon: vashi deti so zvezdami» ilovasi ham shu yo‘nalishga mansub. App Store katalogiga yaqindagina qo‘shilgan mazkur dasturni bir haftaga ham yetmasidanoq million martacha o‘rnatib olishdi.

Icon ilovasi foydalanuvchining biror mashhur shaxsdan ko‘radigan farzandi qanday bo‘lishi mumkinligini aniqlab beradi. Buning uchun kishi o‘z fotosuratini ilovaga yuklab, uning bazasidagi biror yulduzning rasmini tanlashi kerak. Neyrotarmoq bu ehtimoliy ota-onalarning qiyofalarini tahlil etib chiqadi va ularning taxminiy farzandi qiyofasini chiqarib beradi. Qo‘shimcha opsiya – virtual farzand yoshini 5 yoshdan to 37 yoshgacha belgilash mumkin. Icon bazasida yuzlab mashhur shaxslarning fotosuratlari mavjud.

Dastur bepul bo‘lib, pulli obuna evaziga qo‘shimcha imkoniyatlar ham taklif etadi. Icon hozirda faqat iOS tizimi uchun ishlab chiqilgan va iPhone egalari uni ushbu havola orqali o‘rnatib olishlari mumkin. Android tizimi uchun bu ilovaning rasman chiqish-chiqmasligi haqida hozircha biror ma’lumot yo‘q. Ammo Apkpure resursida APK-fayli e’lon qilingan va uni mazkur havola orqali olib, o‘zingiz o‘rnatib ko‘rsangiz bo‘ladi.

O‘QING: Ayollar uchun maxsus to‘plam: virtual pardoz ilovalari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.