Bir sutkada 14,5% Apple qurilmalari iOS 10 versiyasiga yangilandi

Bir sutkada 14,5% Apple qurilmalari iOS 10 versiyasiga yangilandi

iOS dasturining Android’dan ustun jihatlaridan biri barcha foydalanuvchilar yangi versiyaga bir vaqtda yangilanishidir. Tahlillar bilan shug‘ullanadigan  Mixpanel kompaniyasining axborotlariga ko‘ra,  iOS 10 chiqarilgandan keyin 24 soat ichida barcha iOS dasturidagi qurilmalarning 14,5 foizi mazkur versiyaga yangilangan. Taqqos uchun o‘tgan yili iOS 9 versiyasi chiqarilganda, bir sutkada barcha Apple gadjetlarining 9% ushbu dasturga yangilangan edi.

5P3RxmbbAEqyu0Kf8aYgIgLQv80Caqspoj5OD3vyO1EtjAnz27PdTvQY2f266g0Zz2lGK3z1az2

Mixpanel ma’lumotlari bo‘yicha 15 sentyabrning tongida iOS 10 versiyasida ishlaydigan qurilmalar 19,6 %ni tashqil etgan. Biroq sal keyinroq ba’zi foydalanuvchilar iOS 9 va eskiroq versiyadagi dasturlarga qaytishgan. Bu yangi dastur versiyasidagi ba’zi qurilmalar ishida qotish yuzaga kelganligi haqidagi xabar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!