Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?

  •   DiMaX
  •  2386
  •  23.06.2020 16:53

Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?

Klaviaturadagi harflar nega alifbo tartibida emasligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Hozirda noutbuk va kompyuterlar klaviaturalaridagi, shuningdek smartfonlarning klaviatura ilovalaridagi tugmachalarning joylashuvi QWERTY-klaviatura deb nomlanadi.

O‘QING: Klaviaturalar haqida qiziqarli faktlar (1-qism)

Eng qizig‘i – QWERTY-klaviaturaning yoshi bir yarim asrdan oshadi! Ha, ishonavering – smartfonlar u yoqda tursin, hali kompyuter ham yaratilmasidan avval dunyoga kelgan u!

Kristofer Shoulz va Samuel Soul ismli ixtirochilar 1866 yilning 13 noyabrida «Remington 1» yozuv mashinkasiga patent olganlar. Keyinchalik ular safiga Karlos Glidden va boshqalar ham qo‘shilgan va mashinkaning klaviaturasini takomillashtirishgan.

Drezden muzeyida saqlanayotgan Shoulz va Glidden yozuv mashinkasi

Birinchi yozuv mashinkalari ikki qator harflardan iborat pianino klavishlari ko‘rinishidagi klaviaturaga ega edi. Vaqtlar o‘tishi bilan ularning joylashuviga o‘zgarishlar kiritilgan; 1875 yili to‘ldirilgan patentda esa yozuv mashinkasi hozirgi ko‘rinishdagi birinchi QWERTY-klaviaturali gadjetga aylangan.

Yozuv mashinkasining 1872 yilgi versiyasi

Eng birinchi yozuv mashinkalari klaviaturalarida esa harflar alifbo tartibiga ko‘ra terilgan edi. Bu tizmaning noqulayligi sababli keyinchalik QWERTY-klaviatura ommalashib ketgan.

O‘QING: Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!