Birinchi bo‘lib EMUI 10'gacha yangilanuvchi smartfonlar bilan tanishing!

Birinchi bo‘lib EMUI 10'gacha yangilanuvchi smartfonlar bilan tanishing!

Huawei kompaniyasi Huawei Developers Conference tadbirida EMUI 10 grafik qobig‘ini taqdim qilinishidan avval ham qaysi smartfonlar eng birinchi bo‘lib ushbu proshivkaga ega bo‘lishini aytgandi. Keyin esa, P30 va P30 Pro bilan birgalikda Mate 20 lineykasi ham birinchilardan bo‘lib yangilanishga ega bo‘lishi haqida har xil gap so‘zlar tarqaldi. Bugun, kompaniya tomonidan e’lon qilingan rasmiy tizer barchasi gumonlarga chek qo‘ydi: Mate 20 lineykasi sentyabr oyining oxirlarida Honor flagmanlari bilan ikkinchi bosqichda yangilanadigan bo‘ldi.

Huawei напомнила, какие смартфоны первыми получат EMUI 10

Shu tariqa, 8 sentyabr kuni P30 va P30 Pro smartfonlari EMUI 10 beta talqiniga ega bo‘ladi. Sentyabrning oxirida esa Mate 20, Mate 20 Pro, Mate 20X va Mate 20 RS Porsche Design 256G, shuningdek Honor 20, Honor 20 Pro, Honor V20 va Honor Magic 2 modellari eng yangi proshivkaga ega bo‘ladi.

O‘QING: Huawei smartfonlarida reklama paydo bo‘ldi – qutulish yo‘lini o‘rganib oling!

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!