Birovning izohiga bloger javobgarmi? Nizom muhokamasida qatnashing!

  •   DiMaX
  •  710
  •  26.10.2019 13:46

Birovning izohiga bloger javobgarmi? Nizom muhokamasida qatnashing!

O‘zbekistonda blogerlar o‘z postlariga qoldirilayotgan izohlar uchun ham javob berishini ko‘zda tutuvchi tizim ishlab chiqilayotgani haqida xabar bergan edik. Qonunga xilof kommentlar haqida xabarnoma yuborish to‘g‘risidagi Nizom loyihasi e’lon qilindi, deb yozadi huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudayberdiyev.

O‘QING: Blogerning smartfonini olib qo‘ygan soliqchilar ishdan bo‘shatildi

«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonunining 12-1-moddasiga muvofiq, veb-sayt yoki veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger o‘z veb-resurslaridan jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab bo‘ladigan harakatlarni sodir etish maqsadida foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi, shunday holatlar sodir bo‘lganda qonunga zid axborotlarni darhol o‘chirib tashlashi shartligi belgilangan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan axborot makonida shaxs va jamiyat manfaatlarini himoya qilish, internet OAV vakillari va blogerlar veb-sahifalariga qonunga zid sharhlar yozilganda ularni aniqlash va zudlik bilan o‘chirib yuborishni tizimli ravishda tashkil qilish bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqildi va https://regulation.gov.uz/document/9308 manzilida muhokamaga qo‘yildi.

O‘QING: Toshkent shahar IIBB mashhurlikka intilgan «bloger»lar faoliyatiga chek qo‘ydi

Endilikda, veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shu jumladan blogerga O‘zbekiston qonunchiligi talablarini buzuvchi, shuningdek qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikni keltirib chiqaruvchi umumfoydalanishdagi axborot (maqola, materiallar, axborotlar, ma’lumotlar, Internet tarmog‘i foydalanuvchilari izohlari va boshqalar)larni darhol o‘chirib yuborish uchun Agentlik tomonidan xabarnoma yuboriladi.

Veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shu jumladan bloger xabarnoma olingan paytdan boshlab 24 soatdan kechiktirmasdan O‘zbekiston qonunchiligiga zid bo‘lgan axborotni zudlik bilan o‘chirib tashlashi, shuningdek bu to‘g‘rida Agentlikni xabardor qilishi lozim bo‘ladi.

Agar axborot o‘chirilmasa, u holda Agentlik veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shu jumladan bloger bilan nizolarni hal qilish uchun sudga da’vo kiritishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 4 noyabrga qadar muhokama qilinadi – marhamat, shungacha kirib, o‘z fikringizni bildirishingiz mumkin.

O‘QING: RASMAN: O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik profil, kanal va sahifalar ro‘yxati e’lon qilindi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!