Bitcoin mayning nima?

Bitcoin mayning nima?

Kriptovalyuta mayningi murakkab va qimmat bo‘lib, har doim ham daromadli emas. 

Shunday bo‘lsa-da, qilgan ishlari uchun kripto tokenlar taqdim qilingani bois, mayning kriptovalyutaga qiziqqan ko‘plab investorlar e’tiborini o‘ziga jalb qiladi. Ba’zilar mayningni xuddi 1849-yilda Kaliforniyada yuz bergan Oltin Vasvasasi kabi tekindan kelgan daromad sifatida ko‘rishi bunga sabab bo‘lishi mumkin. Agar texnologiyaga berilgan bo‘lsangiz, siz ham mayningni bir sinab ko‘ring.

Mayningning aksariyat Bitcoin maynerlari e’tiborini o‘ziga jalb qiluvchi jihati baland qiymatli bitcoin tokenlari berilishi ehtimolining mavjudligidir. Vaholanki, kriptovalyuta tokenlariga egalik qilish uchun mayner bo‘lishingiz shart emas. Kriptovalyutalarni qog‘oz pullar yordamida sotib olishingiz, Bitstamp orqali boshqa kriptovalyutalar (masalan, Ethereum yoki NEO) bilan ayirboshlashingiz mumkin. Bundan tashqari, video o‘yinlar o‘ynash orqali yoki foydalanuvchilarlariga kriptovalyutada to‘lovchi platformalarga blog postlar chiqarish bilan ham kriptovalyuta ishlab topishingiz mumkin. Xuddi shunday platformalardan biri Steemit platformasi bo‘lib, bunda foydalanuvchiga STEEM deb ataluvchi kriptovalyuta orqali haq to‘lanadi. STEEM'ni istalgan joyda bitcoin bilan ayirboshlashingiz mumkin.

Maynerlarga taqdim qilinuvchi bitcoin’lardan ko‘zlangan maqsad insonlarni Bitcoin tarmog‘i va uning blokcheynini qo‘llab-quvvatlash, qonuniylashtirish va nazorat qilishga ko‘maklashishlari uchun rag‘batlantirishdir. Ushbu vazifalar butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarga yuklangani sababli ham bitcoin markazlashmagan kriptovalyuta deb ataladi, ya’ni uni biror bir markaziy bank yoki hukumat nazorat qilmaydi.

 

Asosiy tushunchalar

•Mayning orqali pul tikmasdan ham kriptovalyuta ishlab topish mumkin.

•Bitcoin maynerlari tasdiqlangan o‘tkazmalar “bloklari“ni amalga oshirishsa, bitcoin bilan mukofotlanishadi. Bu bloklar esa bitcoin blokcheyniga qo‘shiladi.

•Mayning mukofotlarini olish uchun mayner, avvalambor, muhokamaga qo‘yilgan murakkab boshqotirma javobini topishi kerak. Bunda mukofotlanish ehtimoli tarmoqdagi umumiy mayning kuchiga bog‘liq.

•Dabl-spending (ikki marta sarflash) deb bitcoin egasi bitta tokenni noqonuniy ravishda ikki marta ishlatishiga aytiladi.

O‘QING: Internet haqida qiziqarli faktlar