Bitkoin ishonchni yo‘qotmoqda

  •   Saroy
  •  801
  •  08.06.2018 10:12

Bitkoin ishonchni yo‘qotmoqda

Google Trends tahliliga ko‘ra, yil boshidan buyon «bitcoin» so‘zi bo‘yicha so‘rovlar miqdori 75 foizga,  so‘nggi uch oy davomida qariyb, ikki barobarga tushib ketgan. So‘rovlar ko‘rsatkichi raqamli jadval ko‘rinishida tuzildi va unda “100” raqami kriptovalyuta bo‘yicha so‘rov uchun eng yuqori cho‘qqi etib belgilandi. Jadvalga ko‘ra, joriy yilning birinchi yanvar holatida bitkoinning mashhurligi 37 punktni tashkil etgan bo‘lsa, iyunga kelib u 9 punktgacha tushib kelgan.

O‘QING: Stiv Voznyak o‘z bitkoinlarini sotgan emas, o‘g‘irlatgan ekan!

Ekspertlar buni kriptovalyuta narxi uchun yomon alomat, deb baholashmoqda, Shu vaqtgacha, bitkoinga bo‘lgan qiziqish yuqoriligi va uning atrofida bo‘layotgan xayplar evaziga uning qiymati ortib borgandi. Endi avvalgi  movqeini qayta tiklab olish uchun, bitkoinga kechiktirmay qandaydir kuchli yurishni amalga oshirish talab etiladi, deydi mutaxassislar. Biroq, uning nomarkazlashuv jarayonini boshdan o‘tkazganini hisobga oladigan bo‘lsak, avvalgi holatiga kelishi imkonsiz.

Bitkoinga bo‘lgan qiziqishning tushib ketishi boshqa hamyonlarga bo‘lgan qiziqishning o‘sish dinamikasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 2017 yilning so‘nggi chorakligida bitkoinning narxi 20000 dollarga yaqinlashgan edi, uning o‘sishi oyiga 7,6 foizni tashkil etgan. 2018 yilning apreliga kelib esa, ushbu ko‘rsatkich atigi 2 foizga yetgan.  May oyida ham shu ahvol takrorlandi. Xullas joriy yilning birinchi choragida ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha 3,7 foizni tashkil etgan.

O‘QING: Telegram o‘z kriptovalyutasini qachon chiqaradi?

Adolat nuqtai-nazaridan kelib chiqib, yondoshadigan bo‘lsak, joriy yilda  boshqa kriptovalyutalarga bo‘lgan so‘rovlar miqdori ham keskin tushib ketganini ko‘rish mumkin. Masalan,  Ethereum 70 foizga, Bitcoin Cash —  82 foizga va XRP —  87 foizga pastlagan. Ammo  EOS kriptovalyutasiga bo‘lgan talab  2018 yilda  97 foizga yuqorilagan. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, yaqin orada eng mashhur tokenlarning beshligi katta o‘zgarishlarni boshdan kechirishi mumkin, deydi Google Trends tahlilchilari.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.