Bitta iPhone 13 Pro'ni yig‘ish Apple'ga qanchaga tushadi?

Bitta iPhone 13 Pro'ni yig‘ish Apple'ga qanchaga tushadi?

TechInsights tomonidan o‘tkazilgan tahlilga ko‘ra, 256GB xotiraga ega yangi iPhone 13 Pro'ning ishlab chiqarilish narxi 570 dollarni tashkil qiladi. O‘tgan yilgi iPhone 12 Pro'ning bir donasini ishlab chiqarish kompaniyaga 548 dollarga tushgan edi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, narx 4% ga oshgan. Malumot uchun, 256GB iPhone 13 Pro hozirda 1099 dollar narxda sotilmoqda. Bu shuni anglatadiki, marketing va yetkazib berish kabi boshqa xarajatlarni hisobga olmaganda, smartfonning tan narxi uning sotuvdagi narxining yarmini tashkil qiladi.

Yangi A15 Bionic chipseti va displey smartfon tan narxining oshishiga asosiy omil bo‘lgan. Shuningdek, chipsetlar taqchilligining davom etayotgani ham komponentlarining narxini oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Hisobotda 256GB xotiraga ega Samsung Galaxy S21+ smartfonining tan narxi 508 dollar etib belgilangan. Samsung veb-saytidagi esa qurilma 1050 dollar narxda sotilmoqda.

O‘QING: Kechagina sotuvga chiqqan iPhone 13 Pro hamda Pro Max smartfonlarining displeyidagi muhim funksiya ishlamayotganligi aytildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.