«Biznes-akselerator» o‘quv-amaliy markazida Bolalar innovatsion texnoparki tashkil qilinadi

  •   DiMaX
  •  245
  •  10.04.2019 18:38

«Biznes-akselerator» o‘quv-amaliy markazida Bolalar innovatsion texnoparki tashkil qilinadi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Biznes-akselerator o‘quv-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi. Bu to‘g‘rida Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar bermoqda.

O‘QING: Poytaxtimizda «Oqlon» texnoparki ochildi

Hujjatga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Sirdaryo viloyat hokimligining O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi qoshida davlat muassasasi shaklidagi maktabgacha yoshdagi bolalar innovatsion texnoparkini o‘z ichiga olgan «Biznes-akselerator» o‘quv-amaliy markazini (keyingi o‘rinlarda – Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Markazning asosiy vazifalari:

  • yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos keluvchi o‘quv kurslarini tashkil etish;
  • maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun Bolalar innovatsion texnoparkini tashkil qilish va faoliyatini ta’minlash;
  • Sirdaryo viloyatida kichik ishlab chiqarish tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil etishga ko‘maklashish va marketing sohasida bilim berish;
  • yoshlarda tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, biznesni yuritish qoidalarini o‘rgatish va normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
  • qulay muhitda yosh tadbirkorlarning biznesini yo‘lga qo‘yish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish;
  • zamonaviy axborot va innovatsion pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda o‘qitishni tashkil etish;
  • o‘quv kurslarini tamomlagan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun investorlarni topishga ko‘maklashish;
  • zamonaviy bilimlar asosida o‘sib kelayotgan yosh avlodda futuristik dunyo qarashni shakllantirish.

Qonun loyihasida keltirilishicha, Markazni joylashtirish va faoliyatini tashkil etish uchun Sirdaryo viloyati, Sirdaryo shahri, O‘zbekiston ko‘chasi, 86-uyda joylashgan Pedagogika kollejiga qarashli bo‘lgan 1- va 2-son talabalar yotoqxonasi binolari (keyingi o‘rinlarda – ob’yekt) Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy Markazga operativ boshqaruv huquqi bilan bepul beriladi.

Hujjatga ko‘ra, xususan, Tijorat banklari Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda o‘quv kurslarini tamomlagan yoshlar uchun texnologik uskunalar hamda jihozlar sotib olish va o‘z tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilishlari uchun kredit ajratilishini ta’minlash ham ko‘zda tutilgan.

O‘QING: Mirzaobodda ham «Raqamli texnologiyalar markazi» ochildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!