Bizni aldashibdi: iPhone X uslubidagi Xiaomi Mi Mix 2s suratlari feyk bo‘lib chiqdi!

  •   DiMaX
  •  2217
  •  10.11.2017 17:43

Bizni aldashibdi: iPhone X uslubidagi Xiaomi Mi Mix 2s suratlari feyk bo‘lib chiqdi!

Kechagina internet kengliklarida «yubiley ayfoni» dizaynida ishlangan Xiaomi Mi Mix 2s suratlari tarqalgandi va biz shular haqida xabar bergandik. Lekin bugun ma’lum bo‘lishicha, o‘sha suratlar feyk ekan.

Bugun GSMArena saytining ma’lum qilishicha, bular – ikki oy avval taqdim etilgan Xiaomi Mi Mix 2 flagmani rasmlari bo‘lib chiqqan. Faqat unga Android-smartfon ekranini iPhone X displeyi dizayniga o‘xshatuvchi XOutOf10 ilovasi o‘rnatilgan ekan. Biz bu dastur haqida «Android uchun sentyabrdagi eng yaxshi ilovalar» maqolamizda yozganmiz.

Biroq ishlab chiqaruvchilarning iPhone X dizayniga ergashayotganlari – bor gap. Masalan, Hotwav kompaniyasining Symbol S3 deb nomlangan smartfoni displeyida, original «yubiley ayfoni»dagi kabi, kameralar va dinamik uchun yuqori chekkasida «chekingan» joyi bor.

Shuningdek, XOutOf10 singari, ekranni iPhone X flagmanidagi kabi ko‘rinishga keltiruvchi ilovalar ham ishlab chiqilmoqda, ishlab chiqaruvchilar esa yuz skaneri borasida ishlanmalar olib borishayotir.

O‘QING: iPhone X’dagi innovatsiya bo‘yicha Apple’ga qarshi Meizu va MediaTek maydonga tushyapti!