BlackBerry Ghost kuchli batareya bilan ta’minlandi

  •   Saroy
  •  1153
  •  06.07.2018 19:01

BlackBerry Ghost kuchli batareya bilan ta’minlandi

BlackBerry kompaniyasi yaqinda BlackBerry KEY2 smartfonini namoyish qilgandi. Biroq ishlab chiqaruvchi yana bir yangi qurilmasini omma e’tiboriga taqdim etmoqchi. Unga BlackBerry Ghost degan nom berilgan.

Shu yilning yanvar oyida mashhur insayder Evan Blass (Evan Blass) ushbu smartfonning ilk suratini  namoyish qilgandi. Endi esa u qurilmaning 4000 mAch sig‘imli batareyaga ega bo‘lishi haqda ma’lum qildi. Afsuski,  insayder ushbu smartfon bilan bog‘liq  boshqa yangilik ayta olmagan. 

Fikrimizcha, smartfon kengformatli, tomonlar nisbati 18 ga 9 bo‘lgan displey bilan ta’minlanadi, Displeyning romi juda ingichka. Smarton Qualcomm Snapdragon 845 protsessorida ishlaydi, qo‘sh kamerasi ham bor.

Hozircha BlackBerry Ghost’ning taqdimot sanasi haqida aytilmayapti. Faqat, yangi qurilmaning dastavval Hindistonda namoyish qilinishi aniq bo‘lgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!