BlackBerry KEY2 smartfonining ilk videoroligi: undagi yangi tugmacha nima ekan-a?

  •   DiMaX
  •  832
  •  25.05.2018 18:47

BlackBerry KEY2 smartfonining ilk videoroligi: undagi yangi tugmacha nima ekan-a?

Xabaringiz borki, BlackBerry brendi ostida jahon bo‘ylab smartfonlar ishlab chiqarish huquqini Xitoyning TCL kompaniyasi qo‘lga kiritgan edi. Uning moddiy klaviaturaga ega ikkinchi Android-smartfoni ham tayyor bo‘lib qolgan.

O‘QING: BlackBerry Athena: afsonaviy brendning hali taqdim etilmagan QWERTY-smartfoni ilk «jonli» suratlarda!

Kuni kecha ishlab chiqaruvchi BlackBerry KEY2 deb nomlanuvchi mazkur qurilmasining birinchi videoroligi internetga joylandi. Unda biz smartfonning moddiy klaviaturasini hamda modullari gorizontal joylashgan qo‘shaloq kamerasini ko‘ramiz.

Lavhadan sezgan bo‘lsangiz kerak – smartfon yon qirrasida, uni o‘chirib-yoqish hamda ovozni balandlatish/pastlatish tugmachalari orasida yana bitta qo‘shimcha tugmacha bor. Ushbu unsur ko‘plab qiziqishlarga sabab bo‘layotir. Ehtimol, ayrim Samsung smartfonlarida Bixby ovozli yordamchisi uchun alohida tugmacha ajratilgani kabi, BlackBerry KEY2 modelida ham maxsus tugmacha bilan chaqiriluvchi shunaqa ovozli yordamchi bordir?

Nima bo‘lganda ham, buni tez orada bilib olsak kerak – mazkur smartfon 7 iyunda rasman taqdim etiladi.

O‘QING: Afsonaviy brend ikkinchi avlod QWERTY-smartfonining namoyish kunini aytdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!