BlackBerry smartfon bozoriga qaytmoqda!

  •   DiMaX
  •  1294
  •  16.09.2017 16:12

BlackBerry smartfon bozoriga qaytmoqda!

AQShning Federal aloqa komissiyasi (FCC) kuni kecha BlackBerry brendi ostida ishlab chiqarilgan smartfonni sertifikatladi. Bu haqda FCC ma’lumotlariga tayangan holda Ferra nashri xabar bergan.

Bilasizki, Kanadaning Blackberry kompaniyasi jahon smartfon bozorida o‘z o‘rnini topish uchun juda ko‘p harakat qildi. Ammo 2016 yilning so‘nggi choragi bo‘yicha e’lon qilingan moliyaviy natijalar Blackberry’ning holati barqaror emasligini tasdiqladi. Shu bois u smartfon ishlab chiqarishni to‘xtatishini, endi servis va dasturiy ta’minotga e’tibor qaratishini bildirgan, BlackBerry brendi ostida jahon bo‘ylab smartfonlar ishlab chiqarish huquqini esa Xitoyning TCL kompaniyasi qo‘lga kiritgan edi.

Yangi smartfon modelini ham ayni shu TCL ishlab chiqargan bo‘lib, u Krypton kodli nomi ostida sertifikatsiyadan o‘tgan. Hozircha rasman taqdim etilmagan bu qurilma, FCC hujjatlariga qaralsa, old panelni deyarli butkul egallagan displeyga ega standart smartfondir.

Avvalroq «sizib chiqqan» xabarlarga ko‘ra, mazkur gadjetning «Uyga» tugmachasida barmoq izi vkaneri mavjud bo‘ladi. Uning ishlashini Qualcomm Snapdragon 625 protsessori hamda 4 gigabayt hajmli tezkor xotirasi ta’minlab beradi. Akkumulyatori sig‘imi 4000 mA/soatga teng, ekrani esa Full HD sifatli (1920 x 1080 pikselli) ekanligi aytilmoqda. Bulardan tashqari, Krypton modeli IP67 standarti bo‘yicha suvdan himoyalangan BlackBerry brendi ostidagi ilk smartfon bo‘lishi mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!