Blogerlarga osonmi? Ular mashhur bo‘ldi, pul topdi, ammo baxt uchun hammasidan kechdi

  •   Saroy
  •  2422
  •  30.08.2018 15:02

Blogerlarga osonmi? Ular mashhur bo‘ldi, pul topdi, ammo baxt uchun hammasidan kechdi

Aksariyat videoblogerlar tomoshabinlar qarshisida har doim hayotidan mamnun, o‘z ishidan omadi chopgan, quvnoq va baxtli  ko‘rinadilar. Lekin ko‘pchiligi ruhiy tushkunlik muammosidan qiynalayotganini hamma ham bilavermaydi. Depressiya, doimiy charchoq va uyqusizlikdan hatto YouTube’ning dunyodagi eng mashhur va boy vakillari ham azob chekishadi.

Elli Mills

Kanadalik 19 yoshli Elli Mills (Elle Mills) bolalikdan YouTube yuldiziga aylanishni orzu qilardi. U hali maktabdayoq oilasi bilan birgalikda har doim roliklar yozar. U YouTube-kanalda ElleofTheMiils  bo‘lib 2012 yilda paydo bo‘ldi: dastlabki bolalarcha olingan roliklarini qariyb hech kim ko‘rmasdi, ammo qizcha bo‘sh kelmadi va hajviy sketchlar va vloglarni joylashtirishni davom etaverdi.

O‘QING:«Eng tez rivojlanayotgan» rossiyalik blogerlar

Nihoyat 2017 yil mart oyida qizchaga omad kulib boqdi: kutilmaganda kanalga o‘n minglab odam obuna bo‘la boshladi, yana yarim yildan keyin esa doimiy tamoshabinlarning soni milliondan oshdi.

Afsuski, baxt uzoqqa cho‘zilmadi. ElleofTheMiils kanaliga hali yangi rolik chiqmay turib, qahramonimiz yig‘lardi. Shashqator ko‘z yoshlari bilan u shuni ma’lum qildi:   endi YouTube uchun video suratga olmaydi. Obunachilar tushindiki, qizcha jiddiy stress holatiga tushib qolgan, va  ko‘nglini ko‘tarish uchun unga xat yoza boshladi.

“Bu men kutgan narsa emas edi. Men doimo yolg‘izman, doimo nosog‘lom stressli holatdaman va har doim juda kuchli bosimni his qilib yashayman.. Mening holdan toyishim va tushkunligim borgan sari yomonlashib bormoqda”. Qizcha shu qadar baxtsiz ediki, uni bu  tushkunlik holatidan hatto eng yaqin do‘stlari ham qutqara olmadi. U malakali ruhshunoslarga murojaat qilishga majbur bo‘ldi, ammo ular ham qizning muammosini oxirigacha hal etolmadi.

PewDiePie

Ruhiy muvozanatining buzilganligi haqida sayyoramizning eng mashhur videoblogeri Fliks Chelberg (Felix Kjellberg) ham bir necha bor shikoyat qilgandi. U tomoshabinlar orasida ko‘proq PewDiePie taxallusi bilan tanilgan. Shvetsiyalik bloger ko‘p yillardan buyon mashhur kompyuter o‘yinlarining hajviy obrozlarini, shuningdek ommabop memlar va hodisalarga rolik-reaksiya yaratadi. U millionlab tomoshabin nafaqat katta boylik olib keladi, balki jiddiy ruhiy muammolarni ham keltirib chiqarishini o‘z misolida namoyish qildi.

O‘QING:MDC Uzbekistan kompaniyasi Blogerlar chempionati uchun maxsus sovrin ajratdi

«Agar mening eski videoroliklarimni ko‘rsangiz, ularda men ancha baxtli, tetik, quvnoq bo‘lib ko‘rinaman. Chunki mening videoroliklarimni ko‘rishingiz uchun qarshingizda doim baxtli odam sifatida ko‘rinishim kerak bo‘lardi. Men o‘zimdan  baxtli inson yaratgandim», — deb sirini ochdi  Chelberg.

Xullas, bloger ikki yil davomida quvnoq inson niqobini kiyib yurdi. Ammo niqobni har doim taqib yurish borgan sari qiyinlashib borardi.

 “Men o‘zimni o‘yin yoqayotgandek ko‘rsatishim kerak edi, garchi ishlarim rasvo bo‘lsa-da. Odamlar ham ishonishdi, ularga mening eski videolarim yoqardi. Ammo yozishni tugatgan zahotiyoq, kayfiyatim bir zumda yomonlashardi, chunki men xursand emas edim. Xullas, tushindimki, bu ishlar qalbimni vayron qiladi”, – deydi PewDiePie.

O‘shanda bloger tushindiki, u bu zaylda  video olishni davom ettira olmaydi. Natijada, blogerimiz blogerlikni tashladi va o‘zini baxtli his etayotganini tan oldi, hatto o‘ziga bo‘lgan hurmati orta boshladi.

Keysi Neystat

Chelbergning hissiyotga berilib aytib bergan hikoyasi boshqa bir mashhur blogerning ham ko‘nglini ochishiga turtki berdi. U 2010 yildan buyon hayoti haqida o‘quvchilariga muntazam hikoya qilib beradigan amerikalik Keysi Neystat Casey Neistat) edi.

O‘QING:"Sahar" Ijtimoiy Tadbirkorlik Onlayn Maktabi: blog yozing va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling

Xushqomat va doimo quvnoq erkak kamerasida sayohat chog‘idagi sarguzashtlarini va Nyu-Yorkdagi hayotini  suratga olib obunachilarga taqdim qilardi. Yana tag‘in, hayotning  faqat yaxshi tomonlarini ko‘rsatardi.

Shunday roliklarining birida u yuqoridagi PewDiePie’ning o‘zini majburlab xursand ko‘rsatishga urinish haqidagi so‘zlariga izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, maqsadi  yomon holatlarni chetga surib hayotning faqat yaxshi tomonlarini ko‘rsatish va tamoshabinlarga a’lo kayfiyat ulashish bo‘lgan. Ammo bu, Neystat haqiqatan ham baxtli inson degani emas.

 «Hech bir kishi yomon hayot tasvirlangan, kimdir turmushidan shikoyat qilayotgan  videoni ko‘rsam, demaydi, albatta. Tugal baxt kimda bor? Bunday baxt  hech kimda yo‘q. Men haqiqatan ham yaxshi hayot kechirish uchun bar kuchim bilan harakat qilaman, tirishaman, ammo hayotda yuksalish ham bo‘ladi, tushkunlik ham bo‘ladi, bu mening hayotimga ham taalluqlidir», — deya tan oldi mashhur bloger.

Neystat hayotining murakkab davrlarini esladi, har kungi roligini suratga olish chog‘ida oilasidagi turli chidab bo‘lmas holatlar yuzaga kelardi. Masalan, u ayoli bilan janjallashib qolganidan keyin ham tamoshabinlar qarshisida o‘zini baxtli inson qilib ko‘rsatishi kerak edi. Bir so‘z bilan aytganda, zo‘rma-zo‘raki artistga aylanishi kerak edi. Hatto, bir marta unga amakisining dafn marosimidan keyin vlog yozishga to‘g‘ri kelgandi.

Bloger shuningdek, har kungi videoblogni tarmoqqa  joylashni to‘xtatgandan keyin ruhiy holati yancha yaxshilanganini ta’kidladi. «Miyamda bo‘sh joy paydo bo‘ldi. Buni tushuntirish qiyin, ammo sen har kuni video suratga olsang, ertasi uyg‘onganingda ham  yana qanday video surotga olish haqida o‘ylab uyg‘onasan. Kun bo‘yi sen uni yaratish haqida o‘ylaysan, keyin tun bo‘yi ularni bir-biriga yopishtirib chiqasan. Keyin chala o‘lik holiga kelasan, ertaga yana shu ahvol, Xuddi  “Sug‘ur kuniga” tushib qolgandaysan, barchasini yana boshdan boshlaysan. Bir oy blogerlikni yig‘ishtirib qo‘yganidan keyin u o‘zini ancha yengil his eta boshladi, chunki endi u boshqa narsalar haqida o‘ylay oladi, yangi rejalar tuzish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mishel Fan

Mishel Fan (Michelle Phan) ismli qizga YouTube millionlab dollar ishlab olish imkoniyatini berdi, biroq shu bilan birga,  hayotini ham barbod qildi. Qariyb, 9 millionlik obunachisiga  ega mashhur bloger  oxir-oqibat videoxosting bilan xayrlashishga va ijtimoiy tarmoqdan uzoqlashishga to‘g‘ri keldi. Agar shunday qilmasa, u butunlay depressiya komiga tushib qolardi.

O‘QING:Forbes 2017 yilda eng ko‘p haq olgan blogerlarni e’lon qildi

AQShda  vetnamlik imigrantlar oilasida dunyoga kelgan qiz har doim onasining yaxshi yashashini orzu qilib kelardi. Oila bir muddat furgonda yashab kelardi. Bir kuni ularnikiga qarindoshlari mehmonga kelishdi. Ular fanlar oilasining shunday achinarli holatda yashayotganini ko‘rib, ularga  10 ming dollar yig‘ib berdilar. Ammo, mebel sotib olish o‘rniga onasi qizining san’at va dizayn kollejiga o‘qishi uchun birinchi semestrining pulini to‘lashga qaror qildi.

O‘qishda Fanga noutbuk berishdi. Qiz umrida birinchi bor bu matohni qo‘lida ushlab turardi. Keyin esa shu noutbuk orqali dunyoga mashhur bo‘ldi. Noutbuk yordamida qiz ilk bor byuti-videosini suratga oldi mantaj qildi va kanaliga joyladi. Bu 2007 yilgi gap edi. O‘shanda qizning “noyob asari” 70 ming marotaba ko‘rildi.

Biroz vaqt o‘tgach, qiz hamkorlik dasturlariga qo‘shilishga muvaffaq bo‘ldi, natijada videolari uchun biroz pul ishlab topa boshladi. Bu pullar uning o‘qishi uchun yetmasdi, shuning uchun  kollejdan ketishga to‘g‘ri keldi. Lekin ikki yil o‘tgach, kanal audoriyasi bir necha million kishiga ko‘paydi,  Fan yirik reklama beruvchilar bilan shartnomalar imzolay boshladi. 

Vaqti kelib, bloger qiz bir vaqtlar uning uchun sevimli va quvnoq bo‘lgan xobbi uni butunlay o‘z domiga tortayotganini va  o‘zgarib ketaganini tushunib yetdi. Fan oilasidan, do‘stlaridan va hatto obunachilaridan uzoqlashdi. Unga hayoti jahannamga aylanayotgandek tuyulardi. Xullas, qiz “o‘zining shuhratparastligi asirasiga” aylangandi.

“Avval boshda men orzular qanotida parvoz qilib yurgan qiz edim, ammo oxir-oqibat kulib turuvchi va sotiladigan mahsulotga aylandim”, deydi Fan.  Natijada qiz ruhiy salomatligini tiklash uchun vaqtincha Shveysariyaning internet ulanmagan va tashqi dunyodan uzilgan qishlog‘iga keldi. U yerda Fan tushinib yetdiki, YouTube’ga ham, boshqa tarmoqlarga ham qaytgisi yo‘q. Darvoqe, AQShda  uning kosmetika bilan bog‘lik bir nechta daromadli biznesi qolgan. Shu bois qiz blogerlikni yig‘ishtirib qo‘ysa ham moddiy qiynalib qolmasa kerak.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!