Blogerning smartfonini olib qo‘ygan soliqchilar ishdan bo‘shatildi

  •   DiMaX
  •  623
  •  17.06.2019 07:19

Blogerning smartfonini olib qo‘ygan soliqchilar ishdan bo‘shatildi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan bloger Azizbek Ashurbayevning huquqlari buzilganligiga doir xabar e’lon qilingan edi. Davlat soliq qo‘mitasi ushbu holat bo‘yicha vaziyatni o‘rgandi, deyiladi qo‘mita saytidagi xabarda.

O‘QING: O‘zbekistonda blogerlarga soliq solishmoqchi, bo‘yin tovlasa – smartfon yoki kompyuterini tortib olishadi!

2019 yil 7 iyun kuni A.Ashurbayevning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida reklama joylashtirishi bilan bog‘liq nazorat tadbirida Mirobod tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari O.Ziyayev va Sh.Hasanov o‘z vakolatlari doirasidan chetga chiqqanliklari va soliq organlarining kasb odobi qoidalarini buzganligi aniqlandi.

A.Ashurbayev tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlikni bartaraf etish uchun uning shaxsiy uyali aloqa telefonini tortib olmagan holda, tushuntirish ishlarini olib borish va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bilan kifoyalanish lozim edi.

Kasbiy faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun ushbu xodimlar lavozimidan ozod etildi.

Kelgusida shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi bunday nizolarni hal qilish mexanizmini joriy etish masalasini qonuniy va axloqiy jihatlarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqishga kirishdi.

Davlat soliq qo‘mitasi o‘z faoliyati ochiqligini ta’minlashdan manfaatdor bo‘lib, bu yo‘lda jurnalistlar va blogerlar bilan yaqin hamkorlik qilish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va qonuniy huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilishga tayyor ekanligini bildiradi, deydi Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.Musayev.

O‘QING: Internetdagi ishkal: TATU talabalari blogerdan uzr so‘rashdi (+suratlar)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!