Bloomberg: Apple yangi iPhone'lardan 90 milion dona ishlab chiqaradi

Bloomberg: Apple yangi iPhone'lardan 90 milion dona ishlab chiqaradi

Apple 2021 yilda chiqadigan iPhone modellarini katta miqdorda ishlab chiqarishi haqida Bloomberg hisoboti paydo bo‘ldi.

O‘QING: Android-flagmanlardagi ilg‘or opsiya, nihoyat, iPhone 13 turkumiga ham qo‘shiladi

Ta’minotchi hamkorlardan olingan batafsil ma’lumotlarga ko‘ra, kupertinoliklar bu yil o‘tgan yilgiga qaraganda dastlabki davrda 20% ko‘proq iPhone ishlab chiqarmoqchi. Global chip yetishmovchiligi Apple'ning ta’minot zanjiriga ta’sir qilmagan va TSMC singari asosiy hamkorlar bilan buyurtmalar oldindan amalga oshirilgan. Yangi iPhone'lar sentyabrda taqdim qilinishi kutilmoqda.

2020 yilgi iPhone 12'ning chiqarilishidan so‘ng Apple'ning jadal sur’atlarda rivojlanishi, 5G va umuman yaxshilangan smartfonlar bozoridan foyda olishda davom etishi kutilmoqda.

Texnik jihatlar borasida esa, Bloomberg kamida bitta yangi iPhone (katta ehtimol bilan Pro modeldan) LTPO (past haroratli polikristal oksidili) ekranga ega bo‘lishini kutmoqda. Bunday turdagi ekranlar yangilanish chastotasini tez o‘zgartira oladi, bu esa akkumulyator sarfini tejaydi. Yangi iPhone'lar qayta dizaynlashtirilgan ingichkaroq hoshiyaga ega bo‘ladi.

Kameralarga kelsak esa, Apple optik zum bilan video yozuv imkoniyatini yaxshilaydi. O‘tgan yilgi A14 chipining yangi avlodi ham olti yadroli arxitekturaga ega bo‘lishi kerak.

O‘QING: Google va nihoyat Android'ga iPhone'ning eng zo‘r xususiyatini taqdim etadi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!