BLUBOO S8 smartfonining 5 ta ajoyib funksiyasi (video)

  •   DiMaX
  •  4408
  •  24.08.2017 16:29

BLUBOO S8 smartfonining 5 ta ajoyib funksiyasi (video)

BLUBOO S8 yangi romsiz smartfon bo‘lib, korpus tomonlarining o‘zaro nisbati 18:9 ni tashkil etadi. Bu devays 360 OS qobig‘idagi Android operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Ishlab chiqaruvchi taqdimot chog‘ida o‘ylab ham o‘tirmasdan o‘zining bu gadjetini Samsung Galaxy S8 bilan tenglashtirgan.

Buni asoslab berish uchun BLUBOO kompaniyasi yaqinda maxsus videorolik chiqardi. Unda mazkur qurilmaning beshta asosiy funksiyasi xususida hikoya qilinadi. Marhamat, o‘zingiz tomosha qiling:


Videolavha bizga BLUBOO S8’ning hamda unga o‘rnatilgan 360 OS tizimining eng muhim afzalliklarini batafsil va asoslab tasvirlab beradi. Quyida esa ular xususida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

1. Smartfon to‘liq ekranli rejim funksiyasi amal qiladi. Siz unda film, klip yo biror ko‘rsatuv tomosha qiladigan bo‘lsangiz, bu muhim funksiyadir. Umuman, BLUBOO S8 juda yupqa romga ega bo‘lgani uchun ham, unda to‘liq ekranli rejimda video tomosha qilish oddiy ekranlarga qaraganda kengroq, to‘laqonliroq chiqadi.

2. Bu devaysning yana bir imkoniyati – keraksiz ilovalarni «muzlatib» qo‘yish, ularning fon rejimida ishlab, qurilma resurslarini va batareya quvvatini sarflashlariga yo‘l qo‘ymaslik funksiyasidir. Buning ahamiyatini gapirib o‘tirish ham shartmas, o‘zingiz yaxshi bilasiz.

3. Shuningdek, BLUBOO S8 sizga uzun internet-sahifa yoki sayt skrinshotini olish imkonini ham taqdim etadi. Buning uchun ekran bo‘ylab uchta barmoq bilan yuqoridan pastga silash kifoya. Keyinchalik bemalol o‘qish maqsadida sahifani saqlab qo‘yish uchun judayam qulay funksiya.

4. Zamonaviy trendga mos tarzda, BLUBOO S8 modelini ko‘p oynalilik funksiyasi bilan ham ta’minlashgan. Ya’ni, devaysning displeyida siz bir vaqtning o‘zida ikkita ilovani ochib qo‘yib, parallel tarzda ikkalasida ham ishlay olasiz. Masalan, kerakli ta’limiy videolavhani tomosha qilib, yo‘l-yo‘lakay undan olinadigan muhim qaydlarni biror matn muharriri ilovasida yozib borishingiz mumkin.

5. Fayllarni almashishga imkon beruvchi FreeShare funksiyasi. Buning uchun tegishli dasturni ochib, uzatiladigan fayllarni belgilaysiz va ekranda QR-kod paydo bo‘ladi. Uni boshqa smartfonda skanerlab, fayllarni yuklab olaverasiz.

Agarda sizni BLUBOO S8 smartfonining shu va boshqa imkoniyatlari qiziqtirib qo‘ygan bo‘lsa, ular bilan ishlab chiqaruvchining saytidagi tegishli sahifada tanishib chiqish imkoni mavjud. Mazkur ajoyib gadjetga AliExpress orqali buyurtma berish uchun esa mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.