Bojxonada haqiqiy tilla smartfon ushlab qolindi!

  •   DiMaX
  •  1695
  •  03.11.2018 18:06

Bojxonada haqiqiy tilla smartfon ushlab qolindi!

Xabarovsk bojxonachilari Xarbin shahriga uchadigan samolyot yo‘lovchilarini ko‘rikdan o‘tkazayotib, g‘alati holatga guvoh bo‘lishdi. Vataniga qaytayotgan xitoyliklardan birining Lenovo smartfonida salkam 200 gramm oltin bor ekan!

O‘QING: Dronlarni to‘xtatib qolgan bojxonachilar hayratga tushishdi

Bojxona tekshiruvidan o‘tayotgan xitoylik erkak qo‘lidagi Lenovo smartfoni ishlamayotganligini aytgan. Maxsus nazorat qurilmasi esa bu telefonning ichida tushunarsiz material borligini ko‘rsatgan. Xodimlar smartfonning ichini ochib, sariq tusli yaltiroq metall parchalariga to‘la ekanligini ko‘rishgan. Ekspertiza ularning gumonini tasdiqlagan – bular tabiiy holdagi, qayta ishlanmagan oltin edi!

Tabiiyki, oltin parchalari davlat foydasiga musodara qilingan. Qonunchilikka muvofiq, qimmatbaho metallni olib chiqishga uringanligi uchun xitoylikka kontrabanda hajmining uch barobari miqdorida jarima ham solingan.

Aytish kerakki, tabiiy holdagi tilla, tarkibida boshqa aralashmalar ham mavjudligi va qayta ishlash zarurati tufayli, tayyor oltindan ancha arzon yuradi. Bojxonachilar «tilla smartfon»ni 500 ming rublga baholashgan.

O‘QING: Poytaxt aeroportida 153 mln so‘mlik iPhone’lar ushlab qolindi