Bo‘lajak iPhone'da bu texnologiya 10 karra tezkor bo‘ladi

Bo‘lajak iPhone'da bu texnologiya 10 karra tezkor bo‘ladi

Shu kunlarda insayderlar tomonidan tarqatilayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Apple iPhone qurilmalaridagi an’anaviy Wi-Fi texnologiyasini yangi simsiz texnologiya bo‘lgan WiGig standartiga almashtirmoqchi. Mazkur yangi texnologiya sekundiga 7 gigabit hajmidagi ma’lumotni almashish imkonini beradi. Ya’ni, axborot almashish tezkorligi bugun ommalashgan Wi-Fi (802.11ac) standartidan deyarli 10 karra tezroq.

60 GGs chastotada faoliyat ko‘rsatish WiGig standartiga signalni Wi-Fi texxnologiyasidan tezkor yetkazib berish imkonini beradi. Nazariy jihatdan olib qarasak, WiGig texnologiyasida simsiz axborotni uzatish tezligi maksimal darajada sekundiga 7 Gbit. ni tashkil qiladi. So‘nggi avlod Wi-Fi standartida bu sekundiga 433 Mbit.ni tashkil qiladi. WiGig texnologiyasi bugungi kunda Intel, Dell, MediaTek, NVIDIA, Samsung Toshiba, AMD hamda Broadcom kompaniyalari tomonidan jadal rivojlantirilmoqda.

O‘qing: Ming Chji Kuo arzon "iPhone-bestseller"ning narxini aytdi

Ishonchli manba tasdiqlagan bo‘lsa ham, aytish joizki, hozirgi paytda WiGig texnologiyasini rivojlantirish Apple uchun raqobatda g‘olib chiqish vositasi bo‘la olmaydi. Gap shundaki, 60 GGs diapazon — ushbu texnologiyaning bosh kamchiligi. Boisi bunday diapazonda devor, pol va shift tufayli signal o‘tkazuvchanligini to‘sib qoladi. Apple ayfonlarida WiGig va Wi-Fi standartlari birga joriy qilinishi ham mumkin. Shunda iOS tizimi ma’lumot uzatishda o‘zi uchun maqbul tarmoqni avtomatik ravishda tanlaydi.

Insayderlarning yozishlaricha, WiGig texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi iPhone uzog‘i bilan 2020 yilda taqdim qilinadi. Shu bilan birga, Apple birinchilardan bo‘lib smartfonlarida 5G-modullarini tatbiq etadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.