Bolalar pornografiyasi tufayli Apple bu ilovani App Store’dan olib tashladi

  •   DiMaX
  •  3109
  •  20.11.2018 18:04

Bolalar pornografiyasi tufayli Apple bu ilovani App Store’dan olib tashladi

Apple korporatsiyasi App Store ilovalar katalogidan Tumblr ilovasini o‘chirib tashladi. Bu dasturning egasi – AQShdagi yirik uyali aloqa opreatori bo‘lmish Verizon’ga qarashli Oath kompaniyasidir.

O‘QING: iPhone egalari hayratda – bolalar o‘yinlarida pornosaytlar reklamasi!

Tumblr – bir zamonlar o‘ta ommalashgan ijtimoiy tarmoq va blogerlik platformasidir. Unga hozir ham foydalanuvchilar turli mazmundagi kontentni, shu jumladan videorolik va fotosuratlarni ham yuklab turishadi.

Cnet saytining aniqlik kiritishicha, Tumblr servisidagi senzura filtri ishdan chiqqan, natijada ushbu ijtimoiy tarmoqqa axloqqa zid videolar, shu jumladan bolalar pornografiyasi ham kirib qolgan.

Ayni damda Tumblr vakillari muammoni bartaraf etish hamda kelajakda shu kabi holatlarning oldini olish uchun Apple bilan hamkorlikda tegishli ishlarni olib borishmoqda. Aftidan, yaqin orada bu ilova App Store’ga qaytsa kerak.

O‘QING: Qo‘l telefonida O‘zbekistonga pornografik materiallar olib kirishga uringan ayollar ushlandi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!