Bor-yo‘g‘i 150 dollarga romsiz Bluboo S8 Plus buyurtma qiling!

  •   DiMaX
  •  5033
  •  15.11.2017 18:37

Bor-yo‘g‘i 150 dollarga romsiz Bluboo S8 Plus buyurtma qiling!

Bluboo kompaniyasi o‘zining romsiz S8 smartfonini yanada takomillashtirib, «Plus» qo‘shimchasi bilan ishlab chiqardi. Savdolar boshlanishi munosabati bilan kompaniya uning cheklangan partiyasini maxsus arzon narxda sotishga qaror qilgan, deb yozadi 4PDA nashri.

O‘QING: «Xitoycha Galaxy S8» jahon bozorida sotilmoqda

Yaxshilangan Bluboo S8 Plus modelining o‘ziga xosliklari bir talay. Jumladan, smartfonga diagonali 6 dyuymli Sharp displeyi qo‘yilgan, yupqa romli ekranning tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda. Gadjetning tezkor xotirasi 4, ichki xotirasi esa 64 gigabaytga teng. Shuningdek, 3 600 mA/soat sig‘imli akkumulyatori tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy kamerasi qo‘shaloq modulga ega.

Quyidagi videolavhada Bluboo S8 Plus smartfonini «jonli» ko‘rishingiz mumkin:

Guvohi bo‘lganingizdek, Bluboo S8 Plus oldi va orqasi shisha bilan qoplangan, romi esa metalldan ishlangan. Barmoq izi skaneri orqa paneldagi qulay joyda – qo‘sh ob’yektivli asosiy kameraning tagida o‘rnashgan. Korpus pastki qirrasida universal USB Type-C porti mavjud.

Shuningdek, videoda yangi devaysning yetkazib berish jamlanmasi ham namoyish etilgan. Smartfonning o‘zidan tashqari, qadoqda uning turli hujjatlari, quvvatlash uskunasi, quvvatlash va kompyuter bilan sinxronlashtirish uchun ikkita kabel, USB Type-C portidan 3,5 millimetrlik audiotirqishga o‘tkazuvchi ikkita perexodnik hamda himoya g‘ilofi ham joylangan.

O‘QING: BLUBOO S8 smartfonining 5 ta ajoyib funksiyasi (video)

Bluboo S8 Plus smartfonining texnik xususiyatlari:

  • 6 dyuymli, 1440x720 pikselli sig‘imga ega, tomonlari 18:9 nisbatli displey;
  • 1,5 GGs takt chastotasida ishlovchi sakkiz yadroli MediaTek MT6750T protsessori;
  • Mali-T880 MP3 videotezlatgichi;
  • 4 GB tezkor xotira ;
  • 64 GB ichki xotira + 256 GBgacha microSD-karta qo‘yish imkoni;
  • 13 va 3 megapiksellik qo‘sh sensorli, qo‘sh chaqnoqli asosiy kamera;
  • 8 megapiksellik, chaqnoqli old kamera;
  • ikkita SIM-karta uyachasi;
  • 4G LTE tarmog‘i;
  • tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega, 3 600 mA/soat hajmli batareya;
  • Android 7.0 Nougat asosidagi 360 OS;
  • USB Type-C porti;
  • barmoq izi skaneri.

Bluboo S8 Plus smartfoniga ayni hozir maxsus arzonlashtirilgan 149.99 AQSh dollari narxida oldindan buyurtma berish boshlangan. Agarda mazkur smartfon sizga ma’qul kelgan bo‘lsa, xarid qilish uchun mana bu havola orqali tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!