Boshlandi: Xiaomi ommabop Redmi smartfonini qimmatlashtirdi

  •   DiMaX
  •  2748
  •  13.02.2020 10:10

Boshlandi: Xiaomi ommabop Redmi smartfonini qimmatlashtirdi

«Xitoycha Apple» odatda turli gadjetlarini taqdimotdan ma’lum bir vaqt o‘tib, yo keyingisining chiqishi arafasida, yoki boshqa turli sabablar bilan arzonlashtirib kelardi. Ammo kecha uning Hindistondagi muxlislari buning teskarisiga guvoh bo‘lishdi.

O‘QING: Xiaomi rahbari: Mi 10 flagmani Galaxy S20’dan kamida 400 dollarga arzon!

O‘tgan yili taqdim etilib, bestseller bo‘lgan Redmi Note 8 modeli anchadan beri eng ommabop smartfonlar ro‘yxatidan tushmay keladi. Lekin uning 4/64 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega varianti kutilmaganda qimmatlashdi.

Xiaomi kompaniyasining rasmiy onlayn do‘konida yaqingacha 140 dollardan sotilib kelgan Redmi Note 8 endi 147 dollardan taklif qilinyapti. To‘g‘ri, farq juda ham katta emas, lekin baribir narx oshgan. Shuningdek, Hindistondagi Amazon internet-do‘konida ham uning narxini shuncha miqdorda oshirishgan.

Mutaxassislar buning sababi – Xitoyda avj olayotgan koronavirus epidemiyasi sababli zavodlarning to‘xtab turganidir, deya taxmin qilishdi va Xiaomi vakillari buni tasdiqlashdi. Kompaniyaning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, yetkazib berish tizimidagi uzilishlar sababli narxlar oshirilgan va bu hol vaqtinchalik xarakter kasb etadi.

O‘QING: Xiaomi o‘ta arzon Redmi 8A Dual smartfonini taqdim etdi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!