Boston Dynamics va boshqa kompaniyalar o'zlarining robotlarini qurollantirmaslikka va'da berishdi

Boston Dynamics va boshqa kompaniyalar o'zlarining robotlarini qurollantirmaslikka va'da berishdi

Bir guruh robotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, xususan, Boston Dynamics o'zlarining eng rivojlangan robotlarini qurollantirmaslikka va'da berishdi, deya xabarmoqda Axios nashri. Ma'lum bo'lishicha, Boston Dynamics veb-saytida robototexnika sanoatidagi barchaga atalgan ochiq xatda kompaniyalar masofadan yoki avtonom boshqariladigan robotlarga qurol qo'shish jiddiy axloqiy muammolar va zarar xavfini keltirib chiqarishi sabab ular o'z robotlarini qurollantirilishini qo'llab-quvvatlamasliklarini ma'lum qilishgan:

"Biz rivojlangan-harakatchanlik va umumiy maqsadli robotlarimizni yoki ilg'or robototexnika ishlashini ta'minlaydigan dasturiy ta'minotimizni qurollantirmaymiz va boshqalarni bu borada qo'llab-quvvatlamaymiz. Shuningdek, biz ushbu xavflarni yengillashtiradigan yoki kamaytiradigan texnologik xususiyatlarni ishlab chiqishni o'rganishga va'da beramiz." deyiladi xatda.

Ochiq xat Boston Dynamics bilan birga oltita kompaniyalar: Agility Robotics, ANYbotics, Clearpath Robotics, Open Robotics va Unitree tomonidan imzolangan. Lekin ular orasida Ghost Dynamics - to'rt oyoqli robotlar ishlab chiqaradigan va ularni harbiylarga sotadigan kompaniyani ko'rmaysiz.

Ta'kidlash joizki, yaqinda ushbu kompaniyaning to'rt oyoqli robotining qurollangan holdagi surati internetda o'tgan yili ko'rsatilgan edi. Ghost Dynamics bosh direktori Jiren Parix esa kompaniya hech qachon mijozlarning foydalanishini cheklashga urinmasligini ma'lum qilgan: "Chunki biz harbiylarga sotamiz, ular bilan nima qilishlarini bilmaymiz. Biz faqat AQSh va unga ittifoqdosh hukumatlarga sotamiz va ular joyda chiziq chizamiz."

O'QING: Smartsoatlar bozoriga yangi o‘yinchi kirib keldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.