Brauzer orqali o‘ynaladigan o‘yinlar

Brauzer orqali o‘ynaladigan o‘yinlar

Ba’zan ishdan bezib, fikru xayolimizni bir oz chalg‘itish istagi tug‘iladi. Kompyuter o‘yinlariga ishqiboz bo‘lsak, bo‘sh vaqtdan foydalanib, darrov o‘yinga berilamiz. Lekin kompyuter o‘yinlari jonga tekkan bo‘lsa, nima qilish mumkin? Biz ana shunday vaziyatda sizni nafaqat bir soat, balki kunlab o‘ziga rom etishi mumkin bo‘lgan brauzer o‘yinlarini tavsiya etamiz. Hozircha esa izlash uchun vaqtni tejash maqsadida eng yaxshilari bo‘lmasa-da, zeriktirmaydigan o‘yinlar bilan tanishing:

 Taxtlar jangi

«Play» tugmachasini bosishi bilan o‘yinchi darhol o‘n yil ortga – “Shamshir va jodu qahramonlari” davriga qaytadi (agar u 13 yoshli o‘quvchi bo‘lmasa, albatta). O‘yin voqealari ertakdagi Shtormfoll qirolligida bo‘lib o‘tadi. Qirollik og‘ir kunlarni boshidan kechirmoqda: yer egalari bosh ko‘tarishgan va ularning har biri xuddi siz yaxshi biladigan serialdagi kabi taxtni egallash istagida. O‘yin kichik yerlardan boshlanadi, birinchi galda ularni gullab-yashnagan qasrlarga aylantirish kerak. Aks holda raqiblar ularni vayron qiladi. O‘yin sxemasi oddiy: manbalar to‘planadi, rivojlaniladi, monstrlar o‘ldiriladi, tajriba to‘planadi.

Shundan keyin qo‘rqmasdan o‘zgalarning qasrlarini bosib olish, vayron qilish, talon-taroj etish uchun yo‘lga chiqsa ham bo‘ladi. Ammo front orqasini ham unutmaslik kerak, chunki har xil Greyjoylar orqadan hujum qilib qolishi mumkin. Bitta o‘zi o‘ynashni yoqtirmaydiganlar uchun yaratuvchilar Alyanslarni yaratishgan bo‘lib, ularda do‘stlar yelkama yelka turib jang qilishadi. O‘yinning ilk bosqichlarida lord Oberon yaxshi maslahatgo‘y bo‘ladi: u qanday qilib bonuslar ishlash, safoni yaxshilab olish yoki to‘la ekranli rejimga o‘tish kabilar to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib turadi.

Xulosa: janr talablariga javob beradigan qiziqarli o‘yin. Shu bilan birga, grafikasi ham joyida – “Plarium”da rassomga pulni ayashmagani shundoqqina bilinib turibdi.

Kirib ko‘rish.

Yulduzlardan kelgan sharpalar

O‘tmishdan kelajakka o‘tamiz – bu o‘yinda harbiy kosmik kema kapitani sifatida samo kengliklarida uni mohirona boshqarish talab etiladi. Buning uchun dastlab fraksiyani tanlash kerak – o‘yinchi uning tarkibida yangi safdosh bo‘ladi. Ular soni esa uchta: “Titan”, “Avrora” va “Feniks”. Aslida ular bir-biridan u qadar ham farq qilmaydi. Asosiy farq qarashlarda va kosmik kemalarining tashqi ko‘rinishida.

Boshlanishida o‘yinchiga oddiygina, birinchi zarbadayoq sochilib ketishi mumkin bo‘lgan “kema” beriladi. Qizig‘i, o‘q ota olmaydi, xullas, bir amallash kerak. Ammo vaqt o‘tib, bu “shaldiroq arava”ni sizning tashqi siyosatingizni ma’qullamaydigan har qanday raqibning aqlini shoshiradigan haqiqiy linkorga aylantirib olish mumkin.  Yoki boshqa yaxshiroq kema sotib olish varianti ham bor. Bu o‘yindagi eng qiziqarli va o‘ziga jalb qiladigan narsa – yaqiningizda boshqa kosmik kema paydo bo‘lishi bilan faollashadigan  PvP o‘yindir. Bularning hammasidan ozroq mablag‘ ishlab olish ham mumkin.

Ozgina vatq ajratib, barchasini tekshirib olish.

Qaroqchi kodeksi

Ko‘z oldingizga darrov Jek Chumchuq keldimi? Shoshilmang, bu yerda boshqa kino bo‘ladi. Unda dengiz janglari ham, portlardagi jandallar ham, bochka-bochka rom ham yo‘q. O‘yin voqealari dengizdagi kimsasiz orolda bo‘lib o‘tadi. Vazifangiz orolni shirakayf qaroqchilar bilan to‘ldirish. Tavsif bizning tasavvurimizdagi yelkasiga to‘tiqush qo‘ndirib olgan qaroqchiga umuman mos kelmaydi. Jang bo‘lmagandan keyin qo‘shni orolda yashaydigan ofatijon qiz – Qonxo‘r Meri maslahatga keladi.

Shunday qilib, siz shaxta va taxta tiladigan mashina yordamida oltin va yog‘och olishingiz, shuningdek jahldor va ko‘zi qonga to‘lgan kallakesar qaroqchilarni to‘ydirish uchun cheksiz miqdorda rom topishingiz zarur bo‘ladi. Ko‘rfazda yaxshilab o‘rnashib olganingizdan keyin bemalol mulkingizni kengaytirish haqida o‘ylashingiz va qo‘shni orollarga yurish qilsangiz ham bo‘laveradi. Eng asosiysi, o‘z vaqtida romga buyurtma berishni unutmaslik kerak.

Bir finjon qahva ichulguncha ko‘rib chiqish.

Rail Nation

Mazkur onlayn o‘yin-stimulyator Garvard universitetidagi biznes-kurslarga o‘xshab sizning strateg va ishbilarmon sifatida ochilmagan qirralaringizni kashf etmaydi, ammo zerikib ham qolmaysiz. Oldingizga ulkan vazifa qo‘yilgan – o‘zingizning transport kompaniyangizni virtual temir yo‘l olamidagi eng yaxshi kompaniyaga aylantirish va raqiblardan o‘zib ketish.

O‘yinning asosiy jihati – vaqtning cheklanganligi. O‘yinda 6 ta asosiy bosqich bo‘lib, ularning har biri 2 hafta davom etadi. Siz yangi lokomotivingizga mahliy bo‘lib o‘tirganingizda raqobatchilaringiz mahsulotlar uchun narxlarni tartibga solishmoqda, logistika bilan shug‘ullanishayapti, yangi stansiya uchun shrift tanlash jarayonida dizaynerning “siqib suvini ichishmoqda”. Hammasi xuddi hayotdagidek – qariya Srkuj Makdakka o‘xshab pulni yostiqni tagiga bosib yotadiganlar yutqazadi.

Tezda borib, Baffet nimaning hisobiga pul topayotganini aniqlash kerak.

My Sunny Resort

Qaynoq quyosh tafti, yumshoqqina to‘shama, Karib dengizi to‘lqinlari shovqini va albatta siz erinchoqlik bilan simirayotgan tetiklashtiruvch kokteyl… bu tush emas, balki “Upjers”ning “Mening serquyosh kurortim” nomli brauzer o‘yini. Lekin hayotda bo‘lgani kabi bu o‘yinda ham ishlamagan, tishlamaydi. Shu bois kun davomida plyajda dumalab yotish uchun biroz ter to‘kishga to‘g‘ri keladi. Qisqasi, siz okean qirg‘og‘idagi mehmonxona deb ataluvchi eskigina uyning sohibi va menejerisiz. Ammo sayyohlar uni chetlab o‘tishmoqda, xatto jannatmakon yurt qushlari ham bu yerdan uchib o‘tishga uyalishadi.

Odatdagi sxema bo‘yicha ishlash kerak: mijozlar jalb etiladi, orol obodonlashtiriladi hamda o‘zlarining sayyohat-pullarini istar-istamas sarflaydigan xorijlik injiq sayyohlar uchun yangi-yangi ermaklar o‘ylab topamiz. Vaqt o‘tishi bilan orolni spa-restorlari, ulkan mehmonxonalari, akvaparklari bo‘lgan jannatmakon joyga aylantirish mumkin.

Qiziqayotgan bo‘lsangiz, u qanday ko‘rinishga egaligini bilib qo‘ya qoling.

Sparta: imperiyalar urushi

“300 spartalik” filmida Jerard Batler “Bu Sparta!!!” deb baqiradi. “Plarium”dagi yigitlar uning jo‘sh urgan g‘ayratidan ilhom olib, ko‘plab o‘quv adabiyotlarini o‘qib chiqishdi va “Sparta: imperiyalar jangi” nomli brauzer o‘yinini yaratishdi. Unga Yesper Kyud tomonidan Hitman va Assasins Creed seriyalari uchun ishlangan musiqa jo‘rovoz qilingan.

O‘yin boshida sizga qurilishini yakuniga yetkazish, oziq-ovqat bilan ta’minlash va muhofaza qilish talab etiladigan shahar beriladi. Fermalar, temirchilik ustaxonalari va taxta tilish sexlari aholi, fuqarolar va askarlar ishlashlari, jang qilishlari va avlod qoldirishlari uchun zarur bo‘lgan don, bronza va yog‘och ishlab chiqarishadi. Bu vaqtda esa siz Panteonlar uchun janglarda birgalikda harakat qilish uchun ittifoqlar tuzasiz, albyanslarga qo‘shilasiz. Jangovar ruhni kompyuterli raqiblarga janglarda oshirib borish mumkin. shundan so‘ng janglarda toblangan sarkarda mirmidonliklar, frakiyaliklar va spartaliklardan iborat kuchli armiyasini xatto Kserks ustiga boshlab borsa ham bo‘ladi. Faqat 300 nafardan ko‘proq odam olishni unutmang. Darvoqe, Leonid sizga ustozlik qiladi, shu bois o‘zboshimchalik qilishga shoshilmang. Shu bilan birga, bizda ushbu o‘yinning to‘laroq tavsifi ham bor.

Sal chigal yozib olish kerak. 10 daqiqada kelaman.

Travian: Kingdoms

Yaratuvchilar velosiped ixtiro qilib o‘tirishmagan, shu bois “Travian”ning beshinchi qismida faqat grafika o‘zgargan hamda o‘yinchilarga qulaylik yaratadigan ozroq yangiliklar kiritilgan. Bu yerda har doimgidek uchta qabila bor: rimliklar, germanlar va gallar. Shuningdek, natarlar – butun o‘yinning maqsadi bo‘lgan Olam Mo‘’jizasini yashirib qo‘ygan jahldor xalqning shahri mavjud. Siz uni egallashingiz bilan o‘yin tugaydi: oliqshlar, qarsaklar yangraydi, mushakbozlik boshlanadi, server o‘z ishini to‘xtatadi va g‘olibni e’lon qiladi.

Ammo bungacha hali ko‘p ter to‘kish kerak: o‘z qishlog‘ingizning qurilishini yakuniga yetkazishingiz, uni dushmanlardan himoya qilishingiz, manbalar yig‘ishingiz, ko‘plab janglarda qatnashishingiz zarur bo‘ladi. Bu o‘yindagi eng muhim resur – bu vaqt, chunki o‘yin boshida biror bir harakatni amalga oshirish uchun bir necha daqiqa kutib turishni so‘rashsa, oradan bir hafta o‘tib sotalab kutishga to‘g‘ri keladi. Kutolmaydiganlar uchun bitta yo‘l bor: ozroq xarajat qilib, jarayonni tezlashtrib yuborish mumkin.

Hozir yozib olib, keyin uyda o‘ynayman.

Farishtalar ligasi

Anime uslubidagi mazkur onlayn o‘yinning syujeti juda ham oddiy: Yorug‘lik kuchlari Zulmat kuchlari bilan doimiy kurash olib borishadi. Jodugarlar, afsungarlar va boshqa yovuz kuchlarning sa’y-harakati bilan farishtalar otryadi kuchidan maxrum etilib, yerga surgun qilingan. Ular qora kuchlarni yengib, yashirin kuchlarini qayta qo‘lga kiritishlari zarur. O‘yinchida turli o‘lcham va siyosiy qarashga ega 13 nafar farishta ichidan tanlab olish imkoniyati bor, ularning bittasini o‘yinchini boshqaradi, yana to‘rttasi esa kompyuter yoki boshqa o‘yinchilar yordamida boshqariladi.

Janglardan tashqari, kvestalardan o‘tish, hududlarni tadqiqi qilish, yer osti yo‘llarini tozalash va o‘yindan tashqaridagi qahramonlarni qutqarish kerak. Yaratuvchilar vazifalar ustida jiddiy bosh qotirishgani ko‘rinib turibdi: voqea batafsil so‘zlab beriladi, erinchoqlarga bu missiya ularga nega kerakligi tushuntiriladi, g‘alaba uchun esa qahramon munosib taqdirlanadi. Shu bilan o‘yin ham tugaydi.

Men ishda ham aslida shular bilan bandmanku.

Dragon Knight

Mazkur MMORPG brauzer o‘yini anchadan beri osiyolik foydalanuvchilar o‘rtasida ma’lum va mashhur, lekin mahalliy bozorga u faqat o‘tgan yili kirib kelgan. O‘yin syujetiga ko‘ra, dahshatli ajdaho ko‘p yillar avval go‘zal malikani o‘g‘irlab ketgan, siz ana shu malikani tutqunlikdan ozod etishingiz kerak. Garchi siz ajdaho bo‘lmasangiz ham negadir ming yilni o‘tkazib yuborgansiz (o‘yinda buning sababi tutuntirilmaydi) va sizning dushanbangiz malikani qutqarishdan boshlanadi.

Bizningcha, yaratuvchilar “Qisqalik – iqtidordan nishona” degan prinsipga amal qilishgan bo‘lishsa kerak. Shu bois qahramon tanlash imkoniyat ham ko‘p emas: yorqin fayerbollar sochadigan afsungar va shamshir hamda mushtlarini mohirona ishlatadigan jangchi bor xolos. Maqsad aniq: ajdahoni topish, uni o‘ldirib go‘zal malikani qutqarish.

Qani, bir o‘zingizni sinab ko‘ring!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!