Bu -- jahondagi eng yupqa romli smartfon bo‘ladi

Bu -- jahondagi eng yupqa romli smartfon bo‘ladi

Ilk Xiaomi Mi Mix jahon tan olgan birinchi yupqa romli smartfon bo‘lgan edi va "romsizlik" trendi ham aynan shu flagman bilan boshlandi. Mi Mix juda yaxshi sotildi va ishlab chiqaruvchiga nufuz ham, daromad ham keltirdi. Uning 2-avlodi o‘zidan ham jozibali va yupqa romli bo‘lishi yaqinda tarqalgan render suratlaridan ma’lum bo‘ldi. Weibo tarmog‘ida nashr qilingan fotosuratda Xiaomi Mi Mix  prototipi aks etgan.

Muallifning so‘zlariga ko‘ra, Xiaomi Mi Mix aynan shunday bo‘ladi.

Ekran old panelni to‘liq egallab olgan. Korpus bu gal silliq qilib ishlangan va 1-avlod Xiaomi Mi Mix smartfonidan farq qiladi.

Xiaomi Mi MIX 2 orqa panelidan 19 megapikselli bosh kamera moduli va barmoq izlari skaneri o‘rin olgan. Ba’zi manbaalarda, bosh kameraning ikki sensorli bo‘lishi ham aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, barmoq izlari skaneri displeyning o‘zida o‘rnatilgan bo‘ladi. Old kamera uchun 13 megapikselli sensor tanlangan.

Texnolog tahlilchi Pan Djiutangning aytishicha, Mi MIX 2 devaysi 6,4 dyuymli displey bilan ta’min qilinadi. Old panelning 93% qismi ekrandan iborat bo‘lib, uning matritsasi AMOLED bo‘ladi va ekran ikki yonga bukilgan dizaynda tasvirlangan. Shuningdek, Mi MIX 2’da tezkor xotira sig‘imi 6 GB, doimiy xotira 128 GB bo‘lishi kutilmoqda.

Sentyabrda taqdim etilishi kutilayotgan  Xiaomi Mi Mix 2 flagmani 750 dollardan sotuvga chiqadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.