Bu smartfon samaradorlikda Xiaomi flagmanidan ustun keldi!

  •   DiMaX
  •  1517
  •  30.04.2018 14:44

Bu smartfon samaradorlikda Xiaomi flagmanidan ustun keldi!

Joriy yilning fevral oyi oxirida ASUS kompaniyasi o‘zining ZenFone 5Z rusumli flagman telefonini rasman namoyish etgan edi. oradan ikki oycha vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, hanuz bu model sotuvga chiqarilgani yo‘q. Lekin internetga u haqida turli-tuman ma’lumotlar chiqib turibdi.

O‘QING: 2018 yil, I chorak: ijobiy qarshi olingan 10 smartfon

Jumladan, ushbu smartfonning ishlash samaradorligi AnTuTu benchmarkida tekshirib ko‘rilgan. Shu kunlarda bu borada yuqori natija ko‘rsatgan qurilmalardan biri Xiaomi Mi Mix 2S bo‘lsa, ZenFone 5Z undan ham o‘zib ketganligini ko‘rish mumkin.

Snapdragon 845 chipi bazasidagi Mi Mix 2S flagmani AnTuTu servisida 273 ming ballik natija qayd etgan. Xuddi shu protsessorga ega ZenFone 5Z esa, garchi uncha katta farq bilan bo‘lmasa-da, baribir yuqori – 274 499 ochko olgan.

Aytish kerakki, ayni kungacha ilg‘or Snapdragon 845 chipiga ega qurilmalar orasidan eng yuqori ko‘rsatkichni ham Xiaomi mahsuloti bo‘lmish Black Shark smartfoni namoyon etgan – 279 464 ball. Ammo amaliy qo‘llanishda ushbu geymerofonning kamchiliklari ayon bo‘lgan.

O‘QING: Eng zo‘r Xiaomi smartfonida ommaviy nuqsonlar chiqa boshladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!