Bu strategik sarguzasht o‘yinni 1 maygacha olsangiz, bir umr bepul o‘ynaysiz! (+video)

  •   DiMaX
  •  1919
  •  28.04.2020 14:03

Bu strategik sarguzasht o‘yinni 1 maygacha olsangiz, bir umr bepul o‘ynaysiz! (+video)

Koronavirus pandemiyasi tufayli kishilar o‘z uylaridan zaruratsiz chiqmasliklari uchun studiyalar turli o‘yinlarni bepul tarqatishmoqda. Kompyuter o‘yinlari va dasturlari onlayn servisi – Steam ham geymerlarga navbatdagi hadyasini tayyorladi.

O‘QING: 30 aprelgacha For the King o‘yinini bepul olib ulguring! (+video)

Mazkur servisda Total War: Shogun 2 – mashhur strategik franshizaning ikkinchi qismi vaqtincha bepul tarqatilmoqda. O‘yinning raqamli nusxasini olish uchun Steam akkauntingiz bo‘lishi kifoya.

Total War: Shogun 2 o‘yinini olish uchun ushbu havola orqali uning Steam’dagi sahifasiga o‘tasiz. Faqat 1 maygacha ulgurishingiz kerak – shundan so‘ng u yana pulli bo‘lib qoladi. Bepul nashr o‘yin originalining to‘liq versiyasini o‘z ichiga olgan, ammo, afsuski, qo‘shimchalar unga kirmagan.

O‘QING: Eng ommabop o‘yin Google Play’ga ham chiqdi – endi bemalol olib o‘ynang! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!