Bu Xiaomi modellari ham bosh, ham old kamerada portret oladigan bo‘ladi

Bu Xiaomi modellari ham bosh, ham old kamerada portret oladigan bo‘ladi


Xiaomi kompaniyasi yaqindagina MIUI 10 mobil operatsion tizimini e’lon qilgan edi. MIUI 10 sinov tariqasida shu oydayoq foydalanuvchilar e’tiboriga havola qilinadi. Bu tizim quyidagi qator jihatlar bilan yanada ilg‘or hamda raqobatbardosh.

MIUI 10 yangicha dizayn, yagona tugmani bosish orqali amallarni bajarish, takomillashgan ogohlantirishlar markazi, 18:9 o‘lchamli ekranga moslashtirilgan ko‘p ilovalardan bir vaqtda foydalanish imkoniyati, "sun’iy intellekt" texnologiyasi, ovoz boshqaruviga asoslangan avtomobilni boshqarish rejimi, ilovalar tezkorligining oshgani bilan o‘ziga xos.

"Sun’iy aql" texnologiyasi MIUI 10 imkoniyatlarini oshirgan, xususan endi yagona sensorli bosh kameraga ega smartfonlarda ham orqa foni g‘ira-shira qilingan yaxshi suratlar olish mumkin. Ya’ni, yorqin portretlar. Hattoki old kameralarda ham shunday portretlar olish mumkin bo‘ladi.

Quyidagi smartfonlar MIUI 10 mobil operatsion tizimiga o‘tgach, ularning old va orqa kameralari portret rejimida surat ola boshlaydi:

Mi Mix 2, Mi 5s/Mi 5s Plus, Mi 5, Mi Note 2, Mi Max, Mi Max 2, Redmi Note 4 (India), Redmi Note 4X, Redmi Note 3, Redmi 5, hamda Redmi 4/4X.

Xiaomi Mi 6, shu bilan birga Xiaomi Redmi Note 5 modellarining old kameralarida eng yaxshi portretlarni olish mumkin bo‘ladi.

Xiaomi ishlab chiqargan mazkur devayslarning egalari birinchilardan bo‘lib MIUI 10 Beta tizimidan foydalanib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi:

Mi Mix 2
Mi 6
Mi 5s Plus
Mi 5s
Mi 5
Mi 4
Mi 3
Mi Note 2
Mi Max 2
Mi Max
Redmi Note 5
Redmi Note 5 Pro
Redmi Note 5A
Redmi Note 5A Prime
Redmi Note 4
Redmi Note 4X
Redmi Note 4 (TW)
Redmi Note 3
Redmi 5
Redmi 5A
Redmi 4
Redmi 4A
Redmi 3S
Redmi Y2
Redmi Y1 lite
Redmi Y1.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!