Bu yil Google'da eng ko‘p nimalar qidirildi?

Bu yil Google'da eng ko‘p nimalar qidirildi?

«2020-yil «Nega?» deb so‘ralgan yil bo‘ldi», deydi Google o‘z hisoboti boshida.

Odamlar Google'dan har qachongidan ko‘proq «Nega?» deb boshlanuvchi savollarni so‘ragan.

Ushbu savol «Bugun qaysi kun?» savoli qo‘ygan rekordni yangiladi. Foydalanuvchilar, shuningdek, retspelarni ham rekord darajada ko‘p qidirgan.

Bulardan ham ko‘proq odamlarni koronavirus mavzusi qiziqtirgan. Top qidiruvlarning ko‘pi odamlar kundalik turmushning yangi normalariga qanday moslashayotganini aks ettirgan.

Quyida AQShda eng ko‘p qidirgan umumiy qidiruvlar ro‘yxatini keltiramiz. Top 5 likning 3 tasini koronavirus mavzusi egallagani hayratlanarli emas:

1. Saylov natijalari:
2. Koronavirus;
3. Kobi Brayant;
4. Koronavirus yangiliklari;
5. Koronavirus simptomlari.

Endi esa «Qanday qilib...?» mavzusidagi eng ommabop so‘rovlarga e’tibor qaratamiz:

1. «Qanday qilib antiseptik tayyorlash mumkin?»
2. «Qanday qilib matodan niqob tayyorlash mumkin?»
3. «Qanday qilib ko‘piritilgan kofe tayyorlash mumkin?»
4. «Qanday qilib bandanadan niqob tayyorlash mumkin?»
5. «Qanday qilib tikmasdan niqob tayyorlash mumkin?»

Google bu yil «virtual» so‘zi ishtirokidagi so‘rovlar reytingini ham e’lon qildi. Pandemiya sabab odamlar ko‘plab mashg‘ulotlarni onlayn bajarishga qiziqa boshlaganini ko‘rish mumkin:

1. Virtual ekskursiyalar;
2. Virtual muzey eksursiyalari;
3. Virtual Kentukki Derbisi;
4. Virtual ta’lim;
5. Virtual NBA fanatlari.

«Koronavirus davrida ... » jumlasi ishtirokidagi qidiruvlarga ham e’tibor bering:

1. «Koronavirus davrida sotib olishga eng yaxshi qimmatli qog‘ozlar»;
2. «Koronavirus davrida tanishuvlar»;
3. «Koronavirus davrida ochiq stomatolog»;
4. «Koronavirus davrida ishsizlik»;
5. «Koronavirus davrida ishga yollayotgan kasblar».

Keling, endi yuqorida keltirilgan «Nega?» savollari ro‘yxatini keltiramiz:

1. «Zanjirli arra nega ixtiro qilingan?»
2. «Nega tanga tanqisligi mavjud?»
3. «Jorj Floyd nima uchun hibsga olingandi?»
4. «Nevada nega bu qadar uzoq vaqt talab qilmoqda?»
5. «TikTok nega taqiqlanmoqda?»

Siz yuqoridagi so‘rovlarning qay birini Google'dan qidirgan edingiz?

O‘QING: TOP-100: Eng ko‘p xirgoyi qilinuvchi qo‘shiqlarni Google e’lon qildi (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!