Bu yilgi Samsung Galaxy Z buklamafonlari kutilganidan ertaroq chiqariladi

Bu yilgi Samsung Galaxy Z buklamafonlari kutilganidan ertaroq chiqariladi

Samsung o'zining yangi avlod Galaxy Z buklamafonlarini kutilganidan ancha ertaroq chiqarishi xabar qilinmoqda – Galaxy Z Fold 5 va Galaxy Z Flip 5 iyul oyida taqdim qilinishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, Samsung iyul oyining oxirgi haftasiga Unpacked taqdimotini o'tkazishni rejalashtirmoqda. Bu kompaniyaning har yili o'tkaziladigan ikkinchi eng katta tadbiri bo'lib, unda Galaxy Z buklamafonlari va boshqa yangi mahsulotlar taqdim qiladi.

Janubiy Koreya kompaniyasi odatda o'zining yildagi ikkinchi eng katta tadbirini avgust oyida o'tkazar edi. Biroq, buklamafonlar bozori kundan-kunga "qizib" borayotganligi, hatto Google ham o'zining Pixel Fold buklanadigan smartfonini tez orada taqdim qilishni rejalashtirayotganligini hisobga olgan holda Samsung'ning bu yilgi yozgi taqdimoti ertaroq o'tkazilayotganligini tabiiy deyishimiz mumkin yoxud bu bilan kompaniya o'z xaridorlarini yo'qotmaslik uchun ozgina bo'lsa ham vaqtdan yutadi.

Galaxy Z Fold 5 va Galaxy Z Flip 5 taqdimotda yolg'iz bo'lishmaydi va ular bilan birga Galaxy Tab S9 planshetlari seriyasi, Galaxy Watch 6 soatlari va balki, yangi quloqchinlar ham namoyish qilinishi mumkin.

Samsung odatda o'zining yangi mahsulotlarini hafta o'rtasida taqdim qiladi. Shunday ekan, ehtimol yangi buklamafonlar 25-27 kunlar oralig'ida taqdim qilinishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.